Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Vlaxovichga Yevropaning uchta grandi qiziqish bildirmoqda - agent

Vlaxovichga Yevropaning uchta grandi qiziqish bildirmoqda - agent

Baho:
+ | -

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovichning agenti bo‘lgan Masimo Brambati uning mijoziga qiziqish bildirayotgan klublar haqida gapirdi.

“Uchta jamoa qiziqish bildirmoqda. O‘ylaymanki, "Yuventus" bu takliflarni jiddiy ko‘rib chiqadi. Bular yuqori darajadagi klublar - "Chelsi", "Bavariya" va "Atletiko", - deya Brambati so‘zlarini keltiradi Tuttomercatoweb.

Vlaxovich “Yuventus”da 2022 yilning yanvaridan buyon to‘p suradi. Uning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda u Italiya klubi safida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portaliga ko‘ra futbolchining narxi 70 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 11:54, 21.05.2023.
O'qildi: 1318 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик