Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

"Siti”ning chempionligi hammaning joniga tegdimi?

"Siti”ning chempionligi hammaning joniga tegdimi?

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" hech kimga “non” qoldirmayapti. "Bavariya"ning mexaznizmi ham eskirib ulgurdi. “Yuventus”ning gegemonligini esa unutganmiz. Angliyada eshitish mumkin bo‘lgan yagona narsa: “Siti”, “Siti”, “Siti”... Olti yil ichida beshta chempionlik. Va bu dunyodagi eng zo‘r ligada.

Ha, “Siti” o‘tgan mavsum chempionlikni qo‘ldan chiqarishga bir necha daqiqa qolgandi. 2018/2019 yilgi mavsumda bo‘lgani kabi, "Liverpul"dan bir ochkoga oldinda bo‘lishdi. Lekin aynan shu narsa bilan "Siti" boshqalarni asabini o‘ynaydi. Bu o‘z o‘yinini yo‘qotib qo‘ygandek ko‘rinishi mumkin, lekin yakunda baribir o‘z yo‘lini topadi.

"Arsenal" bu mavsumda chempionlik uchun kurash olib bora olgan yagona jamoa bo‘ldi. Ammo so‘nggi ikki oyda kuchi yetmadi. Garchi, gap bu yerda jamoaning jismoniy holatida ham emas. Chenki “Arsenal” boshqa turnirlardagi yurishini to‘xtatib ulgurgandi.

Salibaning jarohati haqida ko‘p gapirildi. Bu, albatta, muhim edi, lekin jamoa ruhiy jihatdan bunga chiday olmayotgandek tuyuldi. Shunday bo‘lsa-da, "Sautgempton" va "Vest Xem" bilan ochko yo‘qotishni faqat muhim futbolchining yo‘qligi bilan bog‘lab bo‘lmaydi. Jezus ham muhim edi, lekin u yo‘qligida “Arsenal” “Siti” ustidan ustunlikni saqlab qoldi.

Gvardiola o‘z intervyusida g‘alabalarga chanqoq bo‘lish va keyingi unvonlardan motivasiyani yo‘qotmaslik qanchalik muhimligini aytdi. Shuning uchun ham jamoada Grilish va Xoland kabi yangi top-futbolchilar paydo bo‘ladi, ular “Siti”dan oldin katta sovrinlarni qo‘lga kiritmagan.

Jamoa qo‘lga kiritayotgan sovrinlari ularni “to‘ydirib” qo‘ymaydi va balki keying sovrinlargacha oziqlantiradi. Bu yerda g‘oliblarning mentaliteti haqida gapirish o‘rinliroq. "Siti" bunga ega va jamoa doimiy ravishda mavsum oxirida buni isbotlab qo‘yadi. Biz bu jamoaning chempionligidan qanchalik charchagan bo‘lsak ham, tan olishimiz kerakki, ular hozirda eng yaxshisi. Angliyada o‘yin bo‘yicha ularga teng keladigan hech kim yo‘q. Va nafaqat Angliyada.

Kiritildi: 13:40, 21.05.2023.
O'qildi: 4085 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.