Kirish Ro'yxatdan o'tish

CAFA U-20 Championship 2023. O‘zbekiston U18 terma jamoasi 3-turda Tojikiston bilan durang o‘ynadi

CAFA U-20 Championship 2023. O‘zbekiston U18 terma jamoasi 3-turda Tojikiston bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

"CAFA U-20 Championship 2023" turnirining 3-turi doirasida O‘zbekiston U-18 terma jamoasi bugun Tojikistonga qarshi bahs olib bordi. Vakillarimiz, kutilmaganda, bu raqibga qarshi o‘yinda zo‘rg‘a mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.

O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganida tojikistonliklar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Qo‘shim berilgan 4-daqiqada esa Muhammadali O‘rinboyev tomonidan urilgan gol yoshlarimizga durangni taqdim etdi.

Ushbu durang tufayli O‘zbekiston U18 terma jamoasi 7 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. 4-turni Farhod Nishonov shogirdlari 28 may kuni Afg‘onsitonga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv 10:30 da start oladi.

CAFA U-20 Championship 2023, 3-tur
O‘zbekiston U18 - Tojikiston U20 - 1:1 (0:0)
Gollar: Muhammadali O‘rinboyev (90+4) — Behruz Xo‘jayev (89)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:11, 26.05.2023.
O'qildi: 2517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик