Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Asensio "Barselona"ga yoqadi, ammo...

Asensio "Barselona"ga yoqadi, ammo...

Baho:
+ | -

"Barselona"ga Marko Asensio yoqadi, ammo klub futbolchini o‘z safiga qo‘shib ololmaydi.

Oldinroq "Real"ning hujumkor yarim himoyachisi erkin agent sifatida klubni tark etishga qaror qilgani ma’lum bo‘lgandi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, "Barselona" rahbariyati va bosh murabbiyi Xaviga Asensio yoqadi, u klubga 100 foiz mos keladigan futbolchi sanaladi. "Blaugrana" Marko klubga Yevropa musobaqalarida raqobatni kuchaytirish uchun zarur bo‘lgan sifatli transfer bo‘lishiga ishonchi komil.

Biroq, "Barselona" "Real" bilan ziddiyatlardan qochishni afzal ko‘radi. Kataloniyaliklarning fikricha, madridliklar Markoning raqobatchilarga o‘tishini haqorat deb bilishlari va bunga javoban "blaugrana"ning muhim o‘yinchilaridan birini qo‘lga kiritishga harakat qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, "Barsa" agar Asensio bilan shartnoma tuzib, Lionel Messi qaytsa, klubda yarim himoyachilar juda ko‘payib ketishini tushunadi.

Bu omillar klubning Markoning transferini rad etishiga ta’sir qilgan.

Kiritildi: 20:05, 27.05.2023.
O'qildi: 3962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.