Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

A Seriya. «Milan» safarda «Yuventus»ni mag‘lub etib, YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (videosharh)

A Seriya. «Milan» safarda «Yuventus»ni mag‘lub etib, YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin Turinda bo‘lib o‘tdi. «Yuventus» o‘z maydonida «Milan»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Birinchi bo‘lim tengkurashlar ostida kechdi, vaziyatlardan foydalanishda esa omad "rossoneri" tomonida bo‘ldi. Uchrashuvning 40-daqiqasida o‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni Olivye Jiru bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda "Milan" yaxshi himoyalandi, boz ustiga, qarshi hujumlarda 2ta yaxshi vaziyatdan foydalana olmadi. Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda "Yuventus" hisobni tenglashtirishga yaqin keldi. Burchak zarbasidan so‘ng berilgan zarbani mehmonlar himoyachisi chiziq ustida qaytarib qoldi.

"Milan" ushbu g‘alaba tufayli Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Joriy mavsumda 10 ochkodan mahrum etilgan "Yuve" esa mag‘lubiyat tufayli Yevroa ligasi yo‘llanmasidan ham quruq olib, Konferensiyalar ligasida ishtirok etish xavf ostida qoldi.

A Seriya. 37-tur. 28 may
Yuventus — Milan 0:1
Gol: Jiru (40).
Yuventus – Shchensni, Danilo, Bremer (Bonuchchi, 82), Gatti, Kuadrado, Kostich (Paredes, 63), Di Mariya (Milik, 63), Rabyo, Lokatelli, Kyeza, Ken (Ayling, 73).
Milan – Menyan, Kalabriya (Kalulu, 86), Tomori, Tiav, Ernandes, Krunich, Dias (Pobega, 82), Tonali, Leau (Ballo-Ture, 82), Messias (Salemakers, 56), Jiru (Origi, 86).
Ogohlantirishlar: Messias (34), Kuadrado (56), Krunich (64).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:20, 29.05.2023.
O'qildi: 32310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик