Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

UYEFA murabbiylik lisenziyasiga ega futbolchilar

UYEFA murabbiylik lisenziyasiga ega futbolchilar

Baho:
+ | -

«Arsenal», «MYU», «Manchester Siti» va «Chelsi»ning hozirgi futbolchilari ichida hali faoliyatini yakunlamay turib, murabbiylik sertifikatiga o‘qiyotganlar bor.

 O‘tmishda ham shunday bo‘lgan. Butun faoliyatini futbolga bag‘ishlab, bir kun kelib, butsalarini mixga ilganida ham ko‘ngli futbolda qoladigan futbolchilar, murabbiylikka intilishadi. Quyida ana shunday shaxslar keltirib o‘tiladi.

Granit Jaka

«Arsenal»ni yaqindan biladiganlar sezganki, Jaka murabbiylikka qiziqadi. Futbolchining o‘zi bu haqida shunday deydi: «Siz maydonni boshqacha ko‘ra boshlaysiz. Agarda futbolchi bo‘la turib, murabbiylik kurs­larida o‘qiy boshlasangiz, bu narsa sizda ikkita narsani o‘zgartiradi. Birinchisi, bu siz hamma narsaga murabbiy ko‘zi bilan ham qaray boshlaysiz. Ikkinchisi esa maydonga tushganingizda, ham murabbiy, ham o‘yinchi spektridan vaziyatlarni ko‘rasiz». Jakaga o‘zi kabi yosh bo‘lgan Mikel Arteta qo‘l-ostida harakat qilayotgani ish bermoqda. U allaqachon UYEFAning «V» sertifikatiga ega.

Aleksandr Zinchenko

Aslini olganda, Jaka «Arsenal»dagi yagona murabbiylikka intilayotgan vakil emas. Sedrik, al Nenni va Xolding ham o‘tgan yili «V» lisenziyasiga ega bo‘lgan. Zinchenko ham 26 yoshda murabbiylikka qiziqa boshladi. Ukraina terma jamoasi a’zosi «V» kategoriyali diplom olishga erishgani aytiladi. Zinchenkoning bu ishi unga Ukrainadagi quyi ligalarda ishlash imkonini beradi.

Xuan Mata

Mata murabbiylik kurslariga «Manchester Yunayted»da o‘ynab yurgan paytlarida qatnay boshlagandi. Bu haqda uning o‘zi shunday degandi: «Men murabbiylikni o‘rgana boshladim. Bo‘sh vaqtimni behuda sarflagim kelmayapti. Har bir 30 yoshdan oshgan futbolchi uchun keyin nima qilishni o‘ylab ko‘rish muhimdir. Albatta, imkonim yetgancha, maydonda futbolchi bo‘lib qolaman. Ammo doimo ham shunday bo‘lmaydi».

Tiagu Silva

38 yoshida ham yuqori darajadagi futbol ko‘rsata olayotgan futbolchi, «Chelsi»ga kelganidan beri murabbiylikka o‘qimoqda. Silvaning bu boradagi qobiliyati haqida Braziliya terma jamoasining sobiq ustozi Tite shunday degandi: «Undan yaxshi murabbiy chiqadi. Silva muammolarni osonlik bilan hal qila oladi. Uning kerakli paytda to‘g‘ri qaror qabul qilishi, meni hayron qoldirgan».

Gael Klishi

Klishi hali ham futbolchilik faoliyatini tugatgani yo‘q. Sobiq «Arsenal» va «Manchester Siti» futbolchisi Shveysariya chempionatida harakat qilmoqda. Bir necha yillardan beri u ham murabbiylikka o‘qimoqda. Futbolchining o‘zi murabbiylik bilan shug‘ullanish borasida shunday degandi: «Men buni xohladim. Negaki, 20 yildan beri futbolda yurib, keyin boshqa sohaga o‘tib ketish juda qiyin. Boz ustiga, men ishimni sevaman. Kelajakda Venger va Gvardioladan o‘rgangan narsalarimni amalda qo‘llamoqchiman». Klishi ayni paytda UYEFA «A» lisenziyasiga ega.

Enzli Meytlend-Naylz

25 yoshda bo‘lishiga qaramay, ingliz futbolchisi murabbiylik kurslarini o‘tayotgani haqida ma’lum bo‘ldi. «Sautgempton» himoyachisi shunday deydi: «Sport uchun nimadir qilishim kerak edi. Shu sabab murabbiylikka o‘qiy boshladim. Hozirdan kelajakda murabbiy bo‘laman deya olmayman. Ammo futbol haqidagi bilimlar aql uchun ozuqa bo‘ladi. O‘yinchilarni aqliy tayyorgarligi hammasidan muhim va menga aynan shu kabi narsalar o‘rgatiladi».

Ravshan IBROHIM tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:41, 29.05.2023.
O'qildi: 1494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.