Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Maksim Shaskix: “Paxtakor”ga qarshi jamoalar maksimal darajada o‘ynaydilar"

Maksim Shaskix: “Paxtakor”ga qarshi jamoalar maksimal darajada o‘ynaydilar"

Baho:
+ | -

Superliga 12-turida “Surxon”ni mag‘lub etgan “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Maksim Shaskix g‘alaba, raqiblarning jamoasiga qarshi qanday o‘ynashi, zaxira va yoshlar haqida fikr bildirdi.

“Bugun biroz katta hisobda yutishimiz uchun etarli imkoniyatlar bo‘ldi. Qiziqarli o‘yin bo‘ldi, deyish mumkin. Asosiysi navbatdagi uch ochko. Musobaqa jadvaliga qaramaslikka harakat qilamiz. Bizning o‘z maqsadlarimiz bor. Boshqalarga qarab ish qilmaymiz”, - dedi Shaskix.

“Surxon” yosh, tirishqoq va chaqqon jamoa. Ular birinchi taymda bizdan ancha tezroq o‘ynashdi. Ikkinchi taymda esa, biz ulardan yaxshiroq o‘ynadik. Hozir barcha bizga qarshi maksimal kuch bilan o‘ynaydi. Hech bir g‘alaba oson bo‘lmaydi. Biz ham qiyinchilik evaziga yutayapmiz”.

“Albatta, yoshlarning o‘rni jamoamizga bilinayapti. Bugun zaxiramizda faqat U-19 terma jamoasidan futbolchilar bor. Ularni maydonga tushirib bosim ostida qolishlarini istamadim. Holmatov bilan ham shunday holat. Uni tushirib tavakkal qilishni istamadik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinga kirishib ketishlari qiyin bo‘lishi mumkin. Shu bois, bugun yoshlarni zaxirada qoldirdim”

“Fayzullayevning yo‘qligi ham bilinayapti. Undagi kreativlik bizga etishmayapti. Uning jamoada qolishi yoki qolmasligi masalasi haqida fikr bildira olmayman. Ammo, aytishim mumkinki, hech kimning xohishiga teskari ish tutmaymiz”.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 02:35, 30.05.2023.
O'qildi: 1496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик