Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Asensio "PSJ"da kattagina mablag‘ ishlab oladi

Asensio "PSJ"da kattagina mablag‘ ishlab oladi

Baho:
+ | -

"PSJ" Marko Asensioga yiliga 10 million yevro taklif qilmoqda.

Avvalroq Asensio "Real" bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida "PSJ"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Qanot futbolchisi parijliklar klubi bilan uzoq muddatli shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

The Athletic xabariga ko‘ra, Asensio "PSJ"da yiliga 10 million yevro va bonuslar ishlab oladi. Kelishuv La Liga mavsumi yakunlanganidan keyin imzolanishi kutilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Asensio yil boshidan beri "Real Madrid" bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borgan, ammo ular kelishuvga erisha olmadi.

Oldinroq Asensioga "Aston Villa", "Milan" va "Arsenal"dan qiziqish bo‘lgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Kiritildi: 09:20, 02.06.2023.
O'qildi: 3737 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик