Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Dilyaver Vaniyev: "Individual sifatlar va mahorat o‘z so‘zini aytdi"

Dilyaver Vaniyev: "Individual sifatlar va mahorat o‘z so‘zini aytdi"

Baho:
+ | -

Mash’al" bosh murabbiyi Dilyaver Vaniyev O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi doirasida o‘tgan "Nasaf" bilan uchrashuvdan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Kubokda guruhdan chiqishni uddalay olganimiz yo‘q. "Nasaf" bilan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Raqibning so‘nggi 2-3 ta uchrashuvlari tahlil qilindi. Futbolchilar darajasi biroz bo‘lsada seziladi. Kompakt o‘ynashga, ikkinchi zonada qarshi olishga harakat qildik. Afsuski vaziyatlardan foydalana olganimiz yo‘q. Qolaversa, "Nasaf"da ham vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi. Individual sifatlar borasida ustunlik qildi, deb o‘ylayman. O‘yin boshida ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi.

— Siz to‘p tepgan va hozirgi davrdagi "Mash’al" - "Nasaf" uchrashuvining farqi nimada?
— Ko‘pchilik shu savol bilan yuzlanadi. U vaqtda "Mash’al" safida men uchun "Nasaf" juda prinsipial raqib hisoblanardi. Shaxsan men ikki karra kuch bilan tayyorlanardim. Ikki jamoada ham saralangan ijrochilar jamlangandi. Vaqt o‘tyapti, lekin qandaydir azart yo‘qolgandek. Umuman bu savolga javob berish qiyin. Yigitlar harakat qilishyapti. Ammo futbolchilarning mahorati o‘z so‘zini aytyapti.

—  Maqsadlar qanday?
— Oldimizga ma’lum bir vazifa qo‘yilgan. "Mash’al" oldiga maqsad qo‘yilganmi, degan savolni bermasligingizni so‘rardim.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 23:51, 02.06.2023.
O'qildi: 1259 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик