Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Samvel Babayan: «Olimpik» klubiga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Samvel Babayan: «Olimpik» klubiga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat sabablarini aytdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi “F” guruhi, 3-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “Navbahor” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida namanganliklar ustozi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Samvel Vyacheslavovich odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— O‘zbekiston kubogi doirasidagi ushbu o‘yin guruhda jamoalarning qaysi o‘rinlarni egallashini aniqlab berdi. Mazkur bahsgacha biz “pley-off” bosqichini hal qilib bo‘lgandik. Bu borada yigitlar bilan gaplashib olgandik. Bugun esa juda yomon o‘yin namoyish etdik. Yigitlarga tezlik, konsentrasiya yetishmadi. Ayrim futbolchilar esa maydonda deyarli ko‘rinishmadi. “Olimpik”ni g‘alaba bilan tabriklayman, ular guruhdan chiqish uchun borlarini berib harakat qilishdi, yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Umuman olganda, bu ruhiy holat bilan bog‘liq. Terma jamoalarning o‘yinlari yaqinlashib kelmoqda, bu esa klublarga biroz dam beriladi, degani. Biroq jamoa uchun bu ta’sir qilmasligi kerak. Chunki muxlislarimiz oldida biroz qarzlarimiz bor va har bir bahsda biz bor kuchimiz bilan o‘ynab, sifatli o‘yin ko‘rsatishimiz kerak.

— Toshkentdagi uchrashuvlar “Navbahor” uchun qiyin o‘tyapti. Bu nima bilan bog‘liq?
— Faqatgina bu yerdagi emas, barcha o‘yinlar shunday o‘tmoqda. Keling, bu kubok bahsi bo‘lgani uchun e’tibordan chetda qoldiramiz. Chunki bu uchrashuvning ahamiyati boshqacha. Turnir jadvalidagi holat muhim ahamiyat kasb etadi. Balki, o‘yinga bo‘lgan ruhiy tayyorgarlik ham muhim rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, fikr qildirish qiyin. Masalan, chempionatda parokanda bo‘lib ketgan bahslarimiz yo‘q. Chempionatda mag‘lubiyatga uchragan bellashuvlarimizda esa eng kamida durangga loyiq edik. Bugun esa to‘g‘risini aytaman, yomon o‘yin ko‘rsatdik.

— Bugungi mag‘lubiyat jamoaning ruhiy holatiga qanday ta’sir o‘tkazadi?
— Birinchi navbatda, biz asosiy tarkibda tushmayotgan futbolchilarga imkoniyat berdik. Bu esa fikrlashga biroz ta’sir o‘tkazadi. Yuqori o‘rinlar uchun kurashishga jamoada zaxira o‘rindig‘i ham uzun bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. Shuningdek, maydonga tushadigan futbolchilarning sifati ham belgilangan darajada bo‘lishi lozim. Afsuski, bugungi o‘yin orqali biz ko‘p narsalarni ko‘rib oldik. Hozircha jamoa yuqori jismoniy holatiga kirib olmadi. Buning o‘ziga xos sabablari bor. Bu bahs har tomonlama foydali bo‘ladi. O‘yinni chuqur taxlil qilib chiqamiz, xatolarni ko‘ramiz, shuningdek, shu orqali tarkibni optimallashtirishni ham ko‘rib chiqamiz. Umuman olganda, buni bir marta amalga oshirgandik ham. Navbatdagi bosqichga chiqqanimiz sababli, rotasiya qilib ko‘rgandik. Afsuski, asosiy tarkibda tushgan ayrim futbolchilar o‘z darajasini ko‘rsata olishmadi.

— Demak, bundan chiqdi, ikkinchi davrada tarkib kuchaytiriladi. Shundaymi?
— Barchasini vaqt ko‘rsatadi. Hozircha bizni barchasi qanoatlantirmoqda. Klub o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlamoqda. Shuningdek, bizda belgilangan byudjet bor. Undan ko‘prog‘ini ishlata olmaymiz. Vaqti kelganida, tarkib borasida ham o‘ylaymiz. Ayni damda bir qancha futbolchilar yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishmayapti. Balki, shu sababli ular o‘z darajalarini yo‘qotib qo‘yishgandir? Shu boisdan, tajriba va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ayrim futbolchilarni ijaraga berish variantlarini ko‘rib chiqarmiz? Natija sababli, barcha yigitlarga imkoniyat bera olmaymiz. Chunki natija bizga doimo bosim berib turadi. Tarkibni kuchaytirish borasidagi gaplarni hali birgalikda o‘ylab ko‘ramiz.

— “Olimpik” bilan Namangandagi bahs davomida Siz shogirdingiz maydonda yotib olganida, uni tezroq o‘rnidan turib, o‘yinga qo‘shilishini talab qilgandingiz. O‘shanda Siz vaqtni cho‘zish futbolning zarariga ishlashini aytgandingiz. Bugun esa “Olimpik” futbolchilari o‘zlarini boshqacha tutishdi. Bu holatga qanday qaraysiz?
— Bunday holatlar tizimsiz bo‘ladi. Ha, raqiblar vaqt cho‘zgan bo‘lishi mumkin. Bunday narsalar murabbiylar shtabining yo‘nalishiga bog‘liq, deb o‘ylayman. Futbol o‘yinlarida, ayniqsa, so‘nggi daqiqalarda bunday ayyorliklar ko‘p bo‘lib turadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 08:36, 03.06.2023.
O'qildi: 5247 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.