Ugo Lyoris kelasi mavsumni "Tottenxem"dan uzoqda o‘tkazishga umid qilmoqda.
"Biz muhim daqiqaga yaqinlashmoqdamiz - men ham, klub ham. Bu bir davrning yakuni. Men boshqa narsa qilishni xohlayman, shuning uchun qanday variantlar mavjudligini ko‘rib chiqaman.
Lekin men hali shartnomamga bir yil borligini unutolmayman va futbolda bundan keyin nima bo‘lishini oldindan aytish qiyin", - dedi "Tottenxem" sardori.