Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Vadim Abramov «Lokomotiv» ustidan g‘alaba, 1/8 finaldagi «Navbahor» yoki «Paxtakor» va tarkib haqida

Vadim Abramov «Lokomotiv» ustidan g‘alaba, 1/8 finaldagi «Navbahor» yoki «Paxtakor» va tarkib haqida

Baho:
+ | -

Kubok doirasidagi «Dinamo» — «Lokomotiv» (3:1) uchrashuvidan keyin Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Biz hozir eng yaxshi sport formamizda emasmiz, shu sababli xavfsirab turgandim, ammo yigitlardan minnatdorman. Ular kuchini ishga solishdi, omadimiz ham keldi. Ularning darvozaboni xatoga yo‘l qo‘ydi. Umuman olganda bugun ikkita teng jamoa to‘qnash keldi. "Lokomotiv" yaxshi jamoa, ular to‘g‘ri o‘ynashyapti, qiyinchilikka uchradik.

— Tarkibdagi rotasiya jamoa muddatdan avval 1/8 finalga chiqqani bilan bog‘liqmi yoki Buxoroda ochko yo‘qotilgach, shunday qarorga keldingizmi?
— Ha, 1/8 finalga muddatdan avval chiqqanimiz bilan bog‘liq. Bizda o‘yinlar juda kam. Tarkibimizda maydonga tushmaganlar bor. Kimga ishonish mumkinligini aniqlash uchun ularni sinovdan o‘tkazdik.

— Bugun Bahodir Valiyev mavsumda ilk marta maydonga tushdi...
— Ha, birinchi o‘yinida hayajonlangani sezilib turdi. Ko‘p harakat qildi, hammasi o‘xshamagan bo‘lsada katta hajmdagi vazifani bajardi.

— Bugun yigitlaringiz vazifalarni to‘liq bajarishdimi yoki kamchiliklar kuzatildimi?
— Hozir yaxshi formada emasmiz. Yanada ishonchliroq harakat qilishlarini xohlayman. Har bir jamoa raqib unga qanday imkon berishiga qarab o‘ynaydi.

— Muxlislar bugun yosh o‘yinchi Akmal Kozimov va Erkin Boydullayevlarni kutishgandi. Ammo ular tarkibda yo‘q...
— Bilasiz, qaydnomaga 20 kishini kiritish mumkin. Shu sababli ularni tarkibga qo‘sha olmadik. Imkoni boricha hozir yaxshi sport formada bo‘lgan va jamoaga yordam bera oladiganlarni tarkibga kiritdik.

— Transferlar?
— Birinchi davrada yana 2ta o‘yin bor, shundan so‘ng futbolchilarni ko‘rib chiqamiz. To‘g‘ri, yaxshi shogirdlarim bor, ammo ular Pro ligada o‘ynashni xohlashmayapti.

— 2005 yilda O‘zbekiston Kubogi finalida "Traktor" bilan, keyin "Lokomotiv" bilan kubokni qo‘lga kiritgansiz. "Dinamo" bilan bu ishni takrorlay olasizmi?
— Hammasi yaratganning irodasi bilan sodir bo‘ladi. Ko‘ramiz, hozir bir narsa deyish qiyin, endigina guruhdan chiqdik.

— 1/8 finalda qaysi jamoaga qarshi o‘ynashni istardingiz?
— Kuchsizroq raqib bo‘lishini. Buni barcha murabbiy istaydi. Ammo kim tushishidan qat’iy nazar qiziq bo‘ladi. Muxlislarni maydonga chorlay oladigan jamoa bo‘lsa yaxshi bo‘lardi.

— "Navbahor" tushsa-chi?
— Agar "Navbahor" bo‘lsa... "Navbahor" o‘zbek futbolining flagmani. Hozirdanoq "qaltirayapmiz". Namangan klubi va "Paxtakor" ikkinchi o‘rinni olishdimi? Agar bilganimda ikkinchi o‘rinni olgan bo‘lardik. Albatta, hazil, — deydi Vadim Karlenovich.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 06:15, 05.06.2023.
O'qildi: 2456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.