Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ronaldu fonida qolib ketgan «Oltin bola»

Ronaldu fonida qolib ketgan «Oltin bola»

Baho:
+ | -

2009 yilning yozi: Lady Gaga va Black Eyed Peas mashhurlik cho‘qqisida edi, Krishtianu Ronaldu esa «Manchester Yunayted»dan «Real»ga o‘tib, barcha gazeta sarlavhalarini o‘z tomoniga olgandi.

O‘sha yozgi transfer oynasi «Madrid» klubining kelajagini o‘zgartirdi va ichki chempionat hamda Yevroarenadagi g‘alabalariga asos soldi - barcha xaridlar 200 million yevrodan oshdi. Uch yildan so‘ng o‘z lavozimiga qaytgan «Real» prezidenti Florentino Peres ziqnalik qilmadi. Jahon moliyaviy inqirozidan keyin klub egalari hamyonlarini yopganlarida, u muxlislarga «Real»ni keyingi bosqichga olib chiqishga va’da bergani uchun ham sarflash vaqti keldi, deb qaror qildi. Buni hozirgi paytda ajoyib sarf-harajatlar - sotilgan yulduzlar futbolkalari, translayasiya huquqlaridan tushgan daromadlar va muvaffaqiyat bilan keladigan homiylik shartnomalari bilan qaytarilishini anglatadi.

O‘sha yozda «Real» Xabi Alonso uchun 34,5 million yevro to‘ladi, u jamoada 5 yil ichida klubga 7ta sovrin yutishiga yordam berdi, shu jumladan uzoq kutilgan 10-CHempionlar Ligasiga kubogiga ham. Klub shuningdek, «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi bo‘lgan braziliyalik Kaka uchun ham «Milan»ga 67 million yevro berdi. Ha, jarohatlar unga «Burnabeu»da o‘zining barcha qirralarini ochib berishga to‘sqinlik qildi, ammo o‘sha paytda bitim ta’sirchan ko‘rinishga ega edi va transfer rekordiga ham aylandi. Lekin ikki kundan so‘ng, «Real»ning bu rekordi ham zabt etildi - 94 million yevro evaziga klub «MYU»dan Krishtianu Ronalduni sotib oldi. Shuningdek, 35 million yevro evaziga «Lion»ning 21 yoshli hujumchisi Karim Benzema ham safga qo‘shib olindi. «Lion»da porlayotgan yosh hujumchi uchun 2008|2009 yilgi mavsumda 4ta top-klub: «Barselona», «Manchester Yunayted», «Inter» va «Real» o‘rtasida kurash olib borilgandi. «Lion» uchun u 112 o‘yinda 43ta gol urgan, 2009 yilda esa Liga 1ning eng yaxshi futbolchisi, deb tan olingandi. Shuningdek, Karim Liganing bosh to‘purari sovrini va Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan «Bravo» mukofotini qo‘lga oldi. O‘sha paytda u «Oltin to‘p» nomzodlari ro‘yxatiga ham kirdi, yakunda esa Ronalduga nasib etgandi.

Aleks Fergyuson «Real» yosh hujumchi uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan miqdorni eshitgach, orqaga chekindi. Peres hatto Benzemning Lion chekkasidagi Brone shaharchasidagi uyiga tashrif buyurishgacha bordi va yosh forvardni «Real»ga o‘tishi kerakligiga shaxsan ishontirishga qaror qildi.

«Men do‘stlarim bilan vaqt o‘tkazayotgandim. O‘sha topda oilamdagilar va agentim qo‘ng‘iroq qilib, tezda uyga qaytishimni, gaplashishimiz kerakligini aytishdi. Men esa ularga vaqtim yo‘qligini aytdim. Shunda ular: «Sen kelishingiz kerak, Florentino shu yerda», deyishdi».

Peres menga shunday dedi: «Sen dunyodagi eng zo‘ri bo‘lasan va bunga erishish mumkin bo‘lgan joy Madridning «Real»idir. «Real» - bu ajoyib klub. Men bu yerda 15 yoshimdan o‘ynashni orzu qilardim. Florentino jamoa va u yaratmoqchi bo‘lgan loyiha haqida gapirib berdi. Bu juda hayajonli edi.

Madridga ko‘chib o‘tganidan bir necha yil o‘tgach, Benzema «Madrid shousi»ning asosiy sarlavhalari - Ronaldu va Gonsalo Iguainlar fonida oddiy o‘yinchi sifatida olinganga o‘xshardi. 2011 yilda bir jurnalist undan: «Siz «Real»da muvaffaqiyat qozona olasizmi?» Bunga Benzema javob shunday berdi: «Albatta, siz nima deb o‘ylaysiz?» «Biz bunga shubha qila boshladik...» - dedi jurnalist ko‘p mazmunli ohangda. Ammo Benzema sarosimaga tushmadi: «Sizda shubha bormi? Xo‘sh, menda esa yo‘q».

Va shu yerda, Gollivud filmidagi kabi, Benzemning «Real» bilan erishgan barcha yutuqlari xronologiyasini boshlash kerak. Yakuniy kadr esa barchasini izohlab beradi: Zinedin Zidan 2022 yilgi «Oltin to‘p»ni unga topshiradi.

To‘g‘ri, avvaliga Benzema haqiqatdan ham «Real»da porlamadi. Peres tomonidan jamlangan jamoaning bosh qahramonlari Iguain va Ronaldu bo‘lib, ular 2009|2010 yilgi mavsumda 29 va 33ta gol urishdi. O‘sha paytda Benzema atigi 9ta uradi, ammo butun mavsum davomida u deyarli maydonga chiqmaganini ham yodda tutish lozim: Karim atigi 4 marta to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi, bir nechta o‘yinlarga esa qaydnomaga kiritilmadi. 2008|2009 yilgi mavsumda «Lion» uchun 2767 daqiqa «Real»dagi birinchi mavsumda 1305 daqiqaga aylandi.

Ronaldu bilan aloqa yo‘q edi. O‘zini isbotlashiga Iguain xalaqit berdi. Shuningdek, Raul ham bor edi, uning maydondagi roliga gap bo‘lishi mumkin emasdi, ammo Benzemning roliga baho berolmasdik, baribir. Raul va Iguain ketgandan keyingina fransuz hujumchisi nihoyat ochilib, Ronaldu bilan kuchli duetni hosil qildi. Portugaliyalik superforvard bilan raqobatlashish befoyda edi, shuning uchun moslashishi kerak edi. «Men u bilan o‘ynash uchun uslubimni o‘zgartirdim», - degandi Benzema bir gal.

Benzema ko‘pincha «to‘qqizlik»da o‘ynardi, ammo oxir-oqibat ikkinchi hujumchi bo‘lgan. U hatto shunday hazillashardi: «men «to‘qqizlik» tanasidagi «o‘nlikman». Ular Ronaldu bilan birga ulg‘ayishdi, lekin fransuz ijodiy va variantlarni topishga bo‘lgan doimiy urinishlariga qaramay, shaxsiy ko‘rsatkichlarida pasayib ketdi. U ikkinchi darajali edi va bu unga to‘sqinlik qildi. Ronaldu ketgach, Benzema yulduzga aylandi.

Portugaliyalik safda bo‘lmagan birinchi mavsumda Karim jarima maydonchasida to‘pga tez-tez tegishni boshladi va darvozadagi zarbalarning umumiy soni 54dan 87gacha ko‘tarildi. «Ronaldu menga maydonda va undan tashqarida yordam berdi, - dedi Benzema. - Ammo men ko‘proq narsani qila olishimni bilardim va u ketgach, o‘z o‘yinimni, ambisiyalarini o‘zgartirish vaqti keldi».

Ko‘proq taassurot qoldiradigan narsani aytish qiyin: u o‘z yoshida Ronaldu o‘zining superqahramon plashini oxirigacha qoldirgandek o‘zini tiklay olgani yoki o‘zgarish zarurligini anglab, yuz qadam oldinga bora olganidir. U yana «Real»ga kerakli figuraga aylandi: hujumlarni mukammal yakunlaydigan aqlli hujumchi. Ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan Benzema 30 yosh chegarasini kesib o‘tib, ta’sirchan forvardga aylandi.

Benzema «Real»ning tayanchi va kuchiga aylandi. Darhol emas, lekin klubda 14 yillik faoliyati davomida u katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi va endi u 2011 yilga munosib ravishda qaytib, shubhali jurnalistga nima bo‘lganiga javob berishi mumkin. Va hatto o‘sha yosh yigit tasavvur qilganidan ham ko‘proq...

Bu go‘zal hikoya edi. Ammo har bir ertakda bo‘lgani kabi, uning ham intihosi bor.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:01, 15.06.2023.
O'qildi: 7496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.