Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

O‘zbekistonning 8 klubi nima uchun OFK lisenziyasini qo‘lga kirita olmadi?

O‘zbekistonning 8 klubi nima uchun OFK lisenziyasini qo‘lga kirita olmadi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

OFK lisenziyasi uchun 25 ta klub harakat qilgan bo‘lsa, shulardan 8 tasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Quyida shu haqda.

«Surxon». Superliga klublari orasidan faqatgina «Surxon» lisenziyaga ega chiqa olmadi va o‘zining ligadagi o‘rnini xavf ostida qoldirdi. Boisi «Surxon» sobiq futbolchi va murabbiylar oldidagi qarzlarini to‘liq bartaraf etgani yo‘q. Futbol klubining yangi investorlari jamoani moliyalashtirish hamda «Surxon» arenani ta’mirlash ishlarini olib borayotgan bo‘lsada, Surxondaryo viloyati hokimligi o‘z chekiga tushgan eski qarzdorlikni bartaraf etish vazifasini shu yilning 31 mart sanasiga qadar hal qila olmadi.

Shuningdek, «Surxon» arena projektorlari talab qilingan vaqt ichida OFK talablariga moslashtirilmadi. Aynan shu sabab tufayli Liga ketma-ket ikkinchi mavsum «Surxon»ga o‘z arenasida o‘ynash uchun ruxsat bermaydi.

Ma’lumot uchun, «Surxon» arena projektorlari 17 iyun sanasiga ko‘ra talabga moslashtirildi va ayni vaqtda Liga mutaxassisi buni ko‘zdan kechirish uchun Termizda bo‘lib turibdi.

«Qo‘qon-1912». Klubda yoshlar bilan ishlash tizimi rahbarida A lisenziyasi mavjud emas. Ma’lumot uchun, ayni vaqtda klubni boshqarib kelayotgan mutaxassisda ham Pro lisenziyasi mavjud emas.

«Xorazm». Bosh murabbiy Pro lisenziyasiga ega emas. Shuningdek, yordamchi murabbiyda A lisenziyasi yo‘q.

«G‘ijduvon». Bosh murabbiy Pro lisenziyasiga, texnik direktor A lisenziyasiga ega emas.

«Andijon-SGS». Bosh murabbiyda Pro lisenziyasi yo‘q.

«Do‘stlik Toshkent». Bosh murabbiy Pro lisenziyasiga, texnik direktor A lisenziyasiga ega emas. Shuningdek, klubda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy faoliyat olib bormaydi.

«Zomin». Bosh murabbiy Pro lisenziyasiga, texnik direktor A lisenziyasiga ega emas. Stadion projektorlari ham OFK talabi darajasida emas.

«Yangiyer». Yoshlar tizimi bilan ishlash dasturi yo‘q. Stadion projektori yo‘q. Bosh murabbiy Pro lisenziyasiga, texnik direktor A lisenziyasiga ega emas. Auditorlik hisoboti taqdim etilmagan.

«Surxon»dan boshqa klublarda qarzdorlik yo‘qmi?

Bor. Oylik-maoshlarda kechikishlar bo‘lib turishi tabiiy. Liga lisenziyalash jarayoni boshlangunga qadar bu kabi hisobotlarni to‘plab boradi. Vaziyat keskinlashayotgan klublar ishi O‘FA tegishli qo‘mitasiga oshiriladi. Bu kabi holatlarda qo‘mita ayrim futbol klublari uchun transfer oynasiga nisbatan cheklovlar kiritishi mumkin.

Biroq OFK lisenziyasidan tushib qolish uchun qarzdorlik sikl avvalidan qolib kelayotgan bo‘lishi kerak. Misol uchun ayni vaqtda o‘z ishchi-xodimlaridan qarzdor bo‘lgan klublar yozgi transfer oynasidagi harakatlari uchun iyul oyiga qadar qarzni yopishga harakat qiladi. Shuningdek, lisenziyalashda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun endilikda 31 dekabrga qadar yuzaga kelgan qarzlar 31 mart sanasiga qadar to‘liq bartaraf etilishi lozim. Undan keyin yuzaga chiqqan qarzdorlik keyingi lisenziyalash sikliga taalluqli bo‘ladi.

«Surxon»da esa qarzlar ikki sikldan buyon qolib kelmoqda. Bu esa OFK lisenziyalash talablariga zid hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, faqatgina «Surxon» ro‘yxatdan tushib qoldi. Qolgan klublardagi qarzdorlik masalasi esa Liga hamda assosiasiya tomonidan hisobda ushlab turilibdi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 20:54, 17.06.2023.
O'qildi: 2835 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.