Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Karlo Anchelotti Xoseludan qanday foydalanadi: italiyalikda kamida ikkita variant bor

Karlo Anchelotti Xoseludan qanday foydalanadi: italiyalikda kamida ikkita variant bor

Baho:
+ | -

"Real Madrid" Xoseluni "Espanyol"dan bir mavsumga ijaraga olganini tasdiqladi.

Xoselu Madrid bilan qiziqarli tarixga ega. U 2009 yilda “Kastilya”ga kelib qo‘shilgan va juda istiqbolli futbolchi sanalgan, biroq u hech qachon asosiy jamoadan o‘rin ololmagan. Ispaniyalik futbolchi 2011 yilda Madridning asosiy jamoasida debyut qilgan va hatto gol ham urgan, ammo yakunda Germaniyaga transfer qilingan edi.

"Real Madrid" Karim Benzemaning o‘rnini to‘ldirish masalasini hal qilishi kerak bo‘lgan qiyin paytda Xoselu klubga qaytdi.

Keling, Karlo Anchelotti 33 yoshli hujumchidan qanday foydalanishini ko‘ramiz:

markaziy hujumchi

Xoselu toza hujumchi. O‘tgan mavsumda u "Espanyol" safida 38 o‘yinda 17 ta gol urdi.

Bu shuni ko‘rsatadiki, Anchelotti 33 yoshli futbolchidan Vinisius va Rodrigodan iborat hujum triosida markaziy hujumchi sifatida foydalansa gollarni kafolatlay oladi.

“Espanyol” safida nisbatan kuchsiz futbolchilar bilan 16 ta gol urgan futbolchi albatta, “Real”da yaxshiroq o‘ynay olishi mumkin.

Ikkinchi hujumchi

Xoselu 4-4-2 sxemasida ikkinchi hujumchi sifatida ham o‘ynay oladi. O‘tmishda u buni ko‘p marta qilgan.

Anchelottiga bu sxema ham tanish. Biz buni o‘tgan mavsum va undan oldingi yili Vinisius va Benzema tomonidan ijro etilganini ko‘rdik.

Anchelotti bu taktikani yaxshi ko‘radi, chunki bu ko‘proq yarim himoyachilardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Kiritildi: 17:38, 19.06.2023.
O'qildi: 3609 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.