Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

2020 yildan beri Yevropadagi eng yaxshi to‘purarlar kim ekanini bilasizmi?

2020 yildan beri Yevropadagi eng yaxshi to‘purarlar kim ekanini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu 2010 yillar davomida dunyo futbolida yetakchilik qilib keldi. Ammo 2020 yillarga kelib, bu jarayon o‘zgardi. Buning ishorasi esa Erling Xolandni yevrofutbolga kirib kelishi edi. Quyida so‘nggi uch yilda kuchli beshlik chempionatlaridagi to‘purarlar nomini bilib olasiz. Biz ularning eng yaxshi ӯntasini tanlab oldik.

10. Lionel Messi – 64 ta

Argentinalik afsona so‘nggi yillarda gollar borasida sekinlashib qolgandi. Ammo, baribir, Messi 2020 yillarda ham kuchli to‘purarligicha qolmoqda. Xususan, u so‘nggi mavsumda 16 ta gol va shuncha assistga mualliflik qildi. Tez orada 36 ga kiradigan afsona futbolda hamma narsaga erishib bo‘lganini aytgandi.

9. Lautaro Martines – 65 ta

Argentinalik hujumchi "Inter" safida ketma-ket ikki mavsumda 21 tadan gol urdi. Bu orqali Lautaro o‘z sherigi Lukakudan o‘zib ketgandi. So‘nggi yillarda 25 yoshli hujumchi A seriyada chempion bo‘ldi. 2022 yil oxirida esa mundial g‘olibiga aylandi. Shunday ekan, u Yevropadagi eng yaxshi hujumchilardan biridir.

8. Krishtianu Ronaldu – 69 ta

Ronaldu o‘zining 20 yillik faoliyatidan keyin yevrofutbolni tark etgandi. U hozir Saudiya Arabistonida dunyodagi eng katta moashni olmoqda. Garchand 2023 yilda Yevromaydonda birorta ham gol urmagan bo‘lsa ham, Ronaldu so‘nggi uch yilda 69 ta gol urib ulgurgan edi.

7. Muhammad Saloh – 74 ta

"Liverpul" yulduzi o‘zining olti yillik Angliyadagi faoliyati davomida uch marta APLning eng yaxshi to‘purariga aylanadi. Saloh mersisaydliklar bilan qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan hamma narsani yutdi. So‘nggi mavsum u uchun 19 ta gol bilan yakunlangan edi.

6. Xarri Keyn – 77 ta

2020 yildan beri 77 ta urgan bo‘lsa, shularning 30 tasini Keyn aynan 2022-23 yilda amalga oshirgandi. Angliya terma jamoasi a’zosi Alan Shirerning APL rekordini yangilash uchun yana 47 ta gol urishi lozim. Keyn bu yozda o‘ziga yangi jamoa tanlashi kerak.

5. Karim Benzema – 78 ta

Faqatgina Ronaldu "Real" safida Benzemadan ko‘proq gol urgan edi. Benzema 30 yoshidan keyin ishga kirishadi. Fransuz hujumchisi 14 yildan keyin Madridni tark etdi. U 2021-22 yilgi mavsumda jami 44 ta golga mualliflik qildi.

4. Chiro Immobile – 78 ta

Italiya terma jamoasi a’zosi doimo shunday ro‘yxatlarning avvalida yuradi. 33 yoshli hujumchi ikki bor Italiya A seriyasida eng yaxshi to‘purarga aylanadi (2019-20, 36 ta gol, 2021-22, 27 ta gol). Oxirgi paytlarda Immobilening natijalari pastlagan va u ham yaqinda chekinsa, ajab emas.

3. Kilian Mbappe – 91 ta

Mbappe va Xoland kurashi bizni yangi dekadada xursand qiladi degan umidlar bor. Ular kurashi Messi va Ronalduniki kabi bo‘ladimi yoki yo‘q, buni bilmaymiz. Nima bo‘lgan taqdirda ham Mbappe so‘nggi yillardagi to‘purarlar ro‘yxatidan muqim joy olgan. 24 yoshli hujumchi 3 yil ichida 91 ta gol urishga erishgandi.

2. Erling Xoland – 98 ta

Norvegiyalik futbolchiga moslashish degan so‘z begona. U bunday narsalarga vaqt sarflab o‘tirishni istamaydi. "Borussiya Dortmund"dagi faoliyati davomida Xoland 62 ta gol urishga erishgandi. "Manchester Siti" esa "maxluq" uchun undan ham qulayroq makonga aylandi. Norvegiya terma jamoasi a’zosi APL rekordini o‘rnatdi. U hali ham 22 yoshda. Kelajak yanada dahshatliroq ko‘rinmoqda.

1. Robert Levandovski – 114 ta

Xoland Bundesligada eng yaxshi to‘purar bo‘la olmagan. Negaki, u yerda Levandovski bor edi. Polsha terma jamoasi a’zosi 2020-21 hamda 2021-22 yilgi mavsumda 41 va 35 ta gol bilan Germaniyada tengsizga aylangandi. To‘g‘ri, Levandovskining rekordi Xoland tomonidan Angliyada yangilangandi. Ammo polshalik hujumchi endi Ispaniyaga yo‘l olgan. U La-ligada 23 ta gol urib, yana to‘purarlik maqomiga erishdi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 17:24, 22.06.2023.
O'qildi: 2098 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.