Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

"PSJ" ispaniyalik futbolchisi bilan ham xayrlashishga tayyorligi bildirdi

"PSJ" ispaniyalik futbolchisi bilan ham xayrlashishga tayyorligi bildirdi

Baho:
+ | -

Jurnalist Rudi Galettining xabar berishicha, "PSJ" yarim himoyachi Fabian Ruisni ijaraga berishga tayyor.

Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi jamoaning keyingi mavsumdagi rejalariga kiritilmagan. Parijliklar qo‘ygan yagona shart - ijara shartnomasiga yarim himoyachini keyinchalik sotib olish bo‘yicha bandni kiritish.

27 yoshli Ruis o‘tgan yozda "Napoli"dan 23 million yevro evaziga "PSJ"ga o‘tgan edi. 2022/23 yilgi mavsumda ispaniyalik futbolchi jamoa safida barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ruisning "PSJ" bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 38 million yevroga teng.

Kiritildi: 06:53, 23.06.2023.
O'qildi: 1454 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик