Madridning "Real" klubi rasmiy sayti orqali yarim himoyachi Dani Sebalyos bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. 26 yoshli futbolchi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha hisoblangan shartnoma imzoladi.
Sebalyos "Real" safida jami 120 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularda yarim himoyachi 6 ta gol urdi va sheriklariga 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Sebalyosning Madrid grandi bilan avvalgi shartnomasi muddati bir haftadan so‘ng – iyun oyining so‘nggi kunida yakuniga yetardi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.