Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

"Chelsi"ni bu yozda butun bir jamoa tark etmoqda. Ularning kimligini bilishni istaysizmi?

"Chelsi"ni bu yozda butun bir jamoa tark etmoqda. Ularning kimligini bilishni istaysizmi?

Baho:
+1 | -

"Chelsi" futbol klubi yangi mavsumga qadar katta o‘zgarishlarga yuz tutadi. Bu o‘zgarishlar tarkibda o‘z aksini topadi. Maurisio Pochettino o‘zi istagan jamoani qurish uchun, avvalo, kerakmas futbolchilardan qutilishi kerak. Ayni damda argentinalik mutaxassis ixtiyorida 30 dan ortiq asosiy tarkib futbolchilari yig‘ilib qolgan. Bunga sabab Todd Boelining bir yilda 600 million funtni transferlar uchun sarflab yuborishi edi. Grem Potterning jamoadan ketishi esa kiyinish xonasida bir to‘da keraksiz futbolchilar yig‘ilib qolganini ko‘rsatdi.

"Aristokratlar" safidagi tozalash ishlari allaqachon boshlanib ketdi. Bunga Saudiya Arabistoni klublari yordam berib yubordi. Jarayon o‘zining avj pallasiga yaqinlashmoqda. "Chelsi" afsonasiga aylangan N'Golo Kante "Al-Ittihod"ga yo‘l olgani ortidan, yana bir qator xaridlar masalasi paydo bo‘ldi. Xususan, "Chelsi"ning o‘zidan Kalidu Kulibali, Xakim Ziyesh va Eduar Mendilar ham O‘rta Sharqqa qarab ketish arafasida turibdi. Arablar bu yulduzlarga katta maosh taklif etib, o‘z tomoniga og‘dira oldi. Shuningdek, jamoa sardori Sesar Aspilikueta ham ketishga chog‘langan. Uning bitimi keyingi yozda tugashi kerak edi. Ammo himoyachi bir yil kutmoqchi emas. U "Inter"dan kelgan taklifni qabul qilgan. YECHL finalchilar Sesar bilan birga "Chelsi" tarbiyalanuvchisi Trevo Chalobani ham olib ketishi aytilgan.

"Chelsi"ning navbatdagi yo‘qotishi yarim himoyada ro‘y beradi. "Manchester Siti" Mateo Kovachich xaridini 30 million funt evaziga allaqachon hal qilgan. Xorvatiyalikning ketishi, Kanteniki bilan qo‘shilib, katta joy bo‘shatilishiga olib keladi. Yanvar oyida yana bir "Chelsi" yulduzi Jorjinyo ham "Arsenal"ga yo‘l olgandi. Bu shundan darak beradiki, Pochettino maydon markazini Enso Fernandes asosida qayta shakllantirishi kerak.
Hujumkor chiziqdagi yo‘qotishlardan eng kattasi Meyson Maunt bo‘lishi mumkin. 24 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"ga o‘tishni istaydi. Ammo Angliya terma jamoasi a’zosi uchun bildirilgan "MYU"ning 3 ta taklifi rad etilgan edi. London klubi o‘z tarbiyalanuvchisi uchun 58 million funt va bonuslar taklifini qabul qilishiga ishora qildi.

Hujum chizig‘idagi o‘zgarishlar ham keskin bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, amerikalik yulduz Kristian Pulishich "Milan"ga o‘tishi kutilmoqda. U o‘tgan mavsumda 8 tagina liga bahslarida ko‘rinish bergandi. Unga qo‘shimcha ravishda hujumchi Kay Xavers ham ketadi. U Londonning boshqa bir jamoasi bo‘lmish "Arsenal" safiga o‘tadigan bo‘ldi. Germaniya terma jamoasi a’zosi 65 million funtga sotilmoqda. Uning taqdimoti tez orada bo‘lib o‘tadi.
Markaziy hujumchi Romelu Lukaku ham Londonga qaytmaydigan ko‘rinadi. Unga Saudiya Arabistonidan takliflar bor. Ammo futbolchining o‘zi "Inter"da qolmoqchi. U 2021 yilda 97 million funt evaziga aynan milanliklardan xarid qilingan edi. Belgiya terma jamoasi a’zosiga "Milan" ham qiziqish bildirayotgani aytiladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:01, 25.06.2023.
O'qildi: 6484 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.