Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli 2-0 Monsa
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Bir haftadan so‘ng 11 nafar futbol yulduzi ishsiz qoladi

Bir haftadan so‘ng 11 nafar futbol yulduzi ishsiz qoladi

Baho:
+ | -

30 iyun kuni top-futbolchilarning butun bir guruhining shartnomalari tugaydi va ular erkin agent bozoriga kirishadi. Ulardan ba’zilari, insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, yangi klublar bilan allaqachon kelishuvga erishgan, ammo hozircha rasmiy tasdiq yo‘q.

Adriyen Rabyo 28 yosh

"Yuventus" futbolchi bilan shartnomani uzaytirish uchun so‘nggi urinishlarni amalga oshirmoqda.  Biroq futbolchining vakillari klub o‘zgarishiga umid qilishmoqda. Agar siz matbuotda tarqalayotgan ma’lumotlarga ishonsangiz, futbolchining xizmatlariga "Bavariya", "Barselona", "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Futbolchining onasi Rabyo har mavsumda 10 million yevro ishlab olishini xohlaydi. Bunday shartlarga kimdir rozi bo‘ladimi?  Yoki 28 yoshli futbolchi talablarni pasaytirishi kerakmi?

Markus Tyuram, 25 yosh

O‘tgan mavsumni Fransiya terma jamoasi afsonasining o‘g‘li "Borussiya M"da o‘tkazdi (32 o‘yin, 16 gol, 7 golli uzatma). Insayder Fabrisio Romanoning aytishicha, kichik Tyuram "PSJ"ga o‘tmaydi. Fransiya chempioni o‘yinchini "Milan" bilan birga da’vo qildi, ammo Markus italiyaliklarning taklifidan qoniqdi. Hujumchi "PSJ" bilan muzokaralarni to‘xtatdi va katta ehtimol bilan A Seriya klubi bilan shartnoma imzolaydi.Avvalroq "Milan" 25 yoshli Tyuramga mavsum uchun 5 million yevro to‘lashga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

Marko Asensio, 27 yosh

"Real Madrid" uch hafta oldin Asensioning ketishini e’lon qildi. Romanoning so‘zlariga ko‘ra, uch kundan keyin ispaniyalik futbolchi "PSJ" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tib, shartnoma imzolagan. Biroq, hozircha buning rasmiy tasdig‘i yo‘q. Balki parijliklar futbolchining transferini e’lon qilish va uni ommaga taqdim etish uchun ta’tildan qaytishini kutayotgandir. Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 27 yoshli Asensioning parijliklar bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Uilfrid Zaxa, 30 yosh

Zaxa nihoyat 2015 yildan beri o‘ynab kelayotgan "Kristal Pelas"ni tark etadi.  Unga "PSJ" va "An-Nasr" da’vogarlik qilmoqda.  Saudiya Arabistoni klubi saxovatpesha taklif tayyorlagan, biroq futbolchi, aftidan buni rad etadi. Zaxaning orzusi – faoliyatini Yevropada davom ettirish. Uilfrid allaqachon "PSJ" vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Oldinroq “Kristal Pelas” futbolchiga maoshi sezilarli darajada oshirilgan yangi shartnoma taklif qilgan, biroq u rad javobini 

Ilkay Gyundogan, 32 yosh

Gyundoganning "Man Siti" bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi va u hali yangi mavsum uchun shartnoma tuzmagan. Biroq Romanoning ta’kidlashicha, nemis "Barselona"ga erkin agent sifatida o‘tadi. Gyundogan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Qizig‘i shundaki, futbolchining o‘zi shartnomaga bitta bandni kiritishni talab qilmoqda.  Gyundogan "Barsalena" uni La Liganing 1-turi boshlanishidan oldin (avgust oyi o‘rtalarida) e’lon qilishini kutmoqda.  Agar bu amalga oshmasa, nemis klubini tekinga tark etishi mumkin.

Roberto Firmino, 31 yosh

Braziliyalik futbolchi sakkiz yilni o‘tkazgan "Liverpul"ni tark etdi. May oyi oxirida futbolchiga "Real"dan, iyun oyida esa "Yuventus"dan qiziqish borligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.  Lekin hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q. Ko‘rinib turibdiki, bunday saviyadagi futbolchiga ko‘p jamoalar qiziqish bildirmoqda. Albatta, Firmino bir nechta takliflarga ega, endi u eng mos variantni tanlashi kerak. "Yuventus" bir yil oldin ham Robertoni qo‘lga kiritmoqchi edi, ammo keyin "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp bu transferga qarshi chiqdi. Firmino endi Konferensiyalar ligasida o‘ynashni xohlaydimi?

Luka Modrich, 37 yosh

Xorvatiyalik futbolchi hamon yangi mavsum uchun shartnomasiz o‘tiribdi. Boshqa tomondan, Ispaniyada faxriy yangi shartnoma imzolashiga ishonchi komil. Marca xabariga ko‘ra, rasmiy e’lon 26 iyun kuni kutilishi kerak. O‘tgan haftada xorvatlar Millatlar ligasi finalida Ispaniyaga mag‘lub bo‘lishdi va kubokni qo‘lga kiritish imkoniyatini qo‘ldan boy berishdi.

Modrichning o‘zi o‘yindan so‘ng terma jamoadagi kelajagi haqida bir qarorga kelganini, ammo bu haqda hozircha xabar bermaslikni ma’qullaganini ta’kidladi.

David de Xea, 32 yosh

Bir necha kundan keyin ispaniyalik darvozabon rasman ishsiz qoladi.  Albatta, bu vaqtgacha u "MYU" bilan shartnomasini uzaytirmagan bo‘lsa.  Tomonlar muzokaralar olib bormoqda va hatto og‘zaki kelishuvga erishgan. Boshqa tomondan, Romanoning ta’kidlashicha, "Inter" darvozaboni Andre Onanning agentlari allaqachon "Manchester Yunayted" menejerlari bilan uchrashgan.  Avvalroq Britaniya matbuotida De Xea klubda qolishni istayotgani va zaxira o‘rindig‘i bilan kifoyalanishga tayyorligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Ammo ispaniyalik baribir klubni tark etishi mumkin.

Anxel Di Mariya, 35 yosh

Jahon chempionining yangi mavsum uchun shartnomasi hali mavjud emas. Biroq, uning kelajagi masalasi hal bo‘lganga o‘xshaydi. Di Mariya "Benfika" bilan muzokaralar olib bormoqda va ular oxirgi bosqichda. Agar tomonlar oxirgi tafsilotlarni hal qilishsa, futbolchi bir mavsumga shartnoma imzolaydi. "Inter Mayami" ham o‘yinchiga da’vo qildi, lekin u Yevropada qolishni xohladi.

Jordi Alba, 34 yosh

Alba "Barselona" bilan xayrlashuv haqidagi ma’lumotlardan so‘ng bir qancha takliflar oldi. So‘nggi xabarlarga qaraganda, ispaniyalik futbolchi “Inter Mayami”ga yo‘l oladi va u yerda Messi va Buskets bilan birlashadi. Liga qoidalariga ko‘ra, Amerika klubi futbolchiga yiliga 2 million dollardan yuqori maosh taklif qila olmaydi. Shu munosabat bilan Mayami jamoasi futbolchi uchun qo‘shimcha daromad manbalari ustida ishlamoqda. Balki u reklama shartnomalari yoki JCH-2026 elchisi lavozimini olishi mumkin.

Lukas Moura, 30 yosh

Braziliyalik futbolchining kelajagi haqida hali ko‘p ma’lumot yo‘q. Mavsum boshida Lukas Ispaniya klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar ortidan "Sevilya"ga bir necha bor maqtovlar aytdi. Moura qishda La Ligaga ketishi haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo u London klubida qoldi.  Mavsum oxirida “Tottenxem” futbolchining erkin agent sifatida jamoani tark etishini tasdiqladi. Albatta, hozir Moura ta’tildan zavqlanmoqda va uning agenti mos variantlarni qidirmoqda.

Kiritildi: 16:05, 25.06.2023.
O'qildi: 7868 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.