Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Maksim Shaskix: «O‘yin oxirida xarakter ko‘rsatib, muhim uch ochkoga ega bo‘ldik»

Maksim Shaskix: «O‘yin oxirida xarakter ko‘rsatib, muhim uch ochkoga ega bo‘ldik»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shaskix "Bunyodkor"ga qrashi bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Muxlislarga o‘yinimiz yoqdi deb o‘ylayman. Ko‘plab hujumlar uyushtirdik. Ba’zida shunday holatlar bo‘ladi, to‘p darvozaga kirmaydi. Juda ko‘p keskin vaziyatlar yaratdik. O‘yin oxirida xarakter ko‘rsatib, muhim uch ochkoga ega bo‘ldik.

Xolmatov yaxshi harakat qildi. Biz unga yangi pozisiya topdik. Kurashga kirishib, to‘p bilan yurishni yoqtiradi. Mashg‘ulotlarda buni tekshirdik. Hamrobekov ham juda yaxshi o‘ynadi. Hamraliyev safardan kelgani sababli Odilni himoyada o‘ynatdik.

Jamoaviy harakatlardan qoniqish hosil qildim. Qanotdan ham, markazdan ham ko‘p hujumga o‘tdik. Ikkinchi bo‘limda yanada oldinroqqa chiqib, raqibga yuqoriroqda bosim o‘tkazdik. Birinchi gol urilganda juda yaxshi kombinasiya yuzaga keltirildi.

Fayzullayev hujum ortida va qanotlarda birdek o‘ynay oladi. Tez, texnikasi yuqori, aqlli harakat qiladi. Raqibga qarab uning kuchli jihatlaridan maksimum foydalanishga intilamiz", — dedi Maksim Shaskix.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 00:30, 26.06.2023.
O'qildi: 1592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик