Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Timur Kapadze: «Xatolar ko‘p bo‘ldi, ammo bu bahsda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi»

Timur Kapadze: «Xatolar ko‘p bo‘ldi, ammo bu bahsda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi»

Baho:
+ | -

Superliga 13-turi doirasidagi «Metallurg»ga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Metallurg»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bahs emosiya va vaziyatlarga boy, muxlislarga yoqadigan bo‘ldi. G‘alabani qo‘ldan chiqardik. 3 ochkoni saqlab qola olardik. Buning ustiga «Metallurg» 10 kishi bo‘lib qoldi. Yigitlar bo‘shashishdi. 1:2dan so‘ng futbolchilarimiz vaziyatni o‘nglashga harakat qilishdi. Bugungi uchrashuvda xatolar ko‘p bo‘ldi, ammo bu bahsda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi".

— O‘tkazib yuborilgan ikkala golda darvozabonning aybi bor...
— Ha, ayniqsa birinchi golda posbonimiz qutqarishi kerak edi. Zarba yaxshi bo‘ldi, biroq to‘pni qaytarish mumkin edi. Ikkinchi va hisobga olinmagan uchinchi gollarda ham xato bo‘ldi. Bugun ba’zi sabablarga ko‘ra, tarkibimizda yo‘qotishlar bor edi. Kimdadir kartochkalar ko‘payib ketgan, kimdadir jarohat. Terma jamoadan keyin tayyorgarlikka vaqt yetishmadi.

— Kelasi bahsda darvozabonni almashtirish haqida o‘ylayapsizmi yoki unga ishonasizmi?
— Men uchun yigitlarga iloji boricha ko‘proq imkoniyat berish muhimroq. Xatolar bo‘lsa, uning ustida ishlaymiz. Agar xatolar takrorlansa, demak rivojlanishda muammolar bor. Darvozamizda muammo ko‘proq, kim yaxshiroq tayyor bo‘lsa o‘shani sinab ko‘ramiz.

— Timur Kapadzeni hurmat qilaman, futbolchilarning yarmi do‘stim, yarmi ukam. Umumiy mavsum haqida savol bermoqchiman, 12ta o‘yinda 15 ochko siz uchun kam. «Olimpik»ka nima yetishmayapti?
— Hali mavsum yakunlanayotgani yo‘q. Kamchiliklar bor. Tarkibda o‘zgarishlar bor. Ikki markaziy himoyachimiz o‘zgardi, yangi o‘yinchilar sinovdan o‘tyapti. Vaqt kerak. Izlanyapmiz, ishlayapmiz. Zaxira yanada kuchli bo‘lganida bundanda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan bo‘lardik. Nafaqat o‘yinda, balki mashg‘ulotda ham munosib qarshilik bo‘lishi lozim. Menimcha, o‘yindan o‘yinga kuchayib boryapmiz. Terma jamoaga bog‘liq uzilishlar o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

— Abdurauf Bo‘riyevning bugungi uchrashuvda yo‘qligi jamoa o‘yiniga qanchalik ta’sir qildi?
— Albatta, katta yo‘qotish bo‘ldi. Abdurauf bizning eng asosiy futbolchilarimizdan biri hisoblanadi va bugungi uchrashuvda uning yo‘qligi ancha katta yo‘qotish.

— Jiyanovning jismoniy holati Rossiya chempionati darajasiga mosmi?
— Menimcha, ha. Uning yangi jamoasi mavsumga tayyorgarlikni endi boshlamoqda va ushbu jarayon davomida bosh murabbiy Yuran qaror qabul qiladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:49, 26.06.2023.
O'qildi: 2010 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.