Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Vesko Steshevich: "Zabihillo O‘rinboyev uzoq masofadan yaxshi zarba bersa, beraversin"

Vesko Steshevich: "Zabihillo O‘rinboyev uzoq masofadan yaxshi zarba bersa, beraversin"

Baho:
+ | -

"Olimpik" hamda "Metallurg" o‘rtasidagi Superliganing 13-tur uchrashuvidan (1:2) so‘ng mehmon jamoa ustozi Vesko Steshevich jurnalistlar savollariga javob berdi.

- O‘yin haqidagi fiklaringiz?
- Birinchi bo‘limda teng o‘yin bo‘ldi. Biz himoyadan pas orqali chiqishda ko‘p hato qilamiz. Jasur Jaloliddinov juda chiroyli gol urdi. Birinchi taymda vaziyatlarimiz bor edi, lekin ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi taymda esa ko‘proq hujumga o‘ta boshladik. To‘g‘risini aytsam, bugun yutqazmaymiz degan fikr bor edi. Kasmininning gol urgan holati borasida shubham bor. Hakamlar qarorini muhokama qilmayman. Ular tekshirib ko‘rishdi va qaror chiqarishdi. Keyin yana gol urdik va g‘alaba qozondik. Yigitlar ushbu g‘alabaga loyiq edi.

- Qizil kartochkadan so‘ng futbolchilaringiz o‘yinida o‘zgarish qildingizmi yoki futbolchilar o‘zlari ishtiyoq bilan o‘ynagani sabab g‘alabani ilib ketishdimi?
- Qizil kartochka tanaffusdan keyin bo‘ldi, shu sabab men ko‘p maslahat bera olmadim. Temirov o‘yin davomida bir oz pozisiyasini o‘zgartirdi. O‘rinboyev bugun bizga g‘alaba keltirdi. Futbolchilar har doim o‘z hohishi bilan o‘yin masalasini hal qiladi.

- O‘rinboyevning faoliyatiga nazar tashlasak, Zabihillo har mavsumda uchtadan ko‘p gol urmagan, lekin joriy mavsumda 12 yoki 13 o‘yinidayoq o‘z nomiga uchta gol rasmiylashtirib bo‘ldi va ko‘p gollarini uzoq masofadan urdi. O‘rinboyevga ko‘proq uzoqdan zarba berishni siz ta’kidlaganmisiz?
- Uzoq masofadan yaxshi zarba bersa, beraversin. Men unga ko‘proq uzoqdan tepishini aytgan edim (kuladi).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 00:12, 27.06.2023.
O'qildi: 1477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик