Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Ulug‘bek Baqoyev: «Navbahor»ga OCHL o‘yinlarida omad tilayman»

Ulug‘bek Baqoyev: «Navbahor»ga OCHL o‘yinlarida omad tilayman»

Baho:
+ | -

"Buxoro" bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev Superliganing 8-turi doirasida OKMKga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bugun maydonda ikki xil maqsadga ega klublar harakatlanishdi. "Navbahor" chempionlik uchun kurashayotgan bo‘lsa, bizning jamoa ligada qolish uchun harakat qilmoqda. O‘yin teng kurashlar ostida kechdi deyish mukin. "Navbahor" to‘pga egalik qilib, standart vaziyatlarga tayanib harakat qildi. Bizda ham vaziyatlar bo‘ldi, lekin foydalana olmadik. Mezbonlar esa aksincha standartdan unumli foydalanishdi. "Navbahor" jamoasiga chempionatdagi va OCHL o‘yinlariga omad tilayman. Ular yurtimiz sharafini himoya qiladi va biz ularga muxlislik qilamiz”.

— «Buxoro» futbolchilari maydonda vaqt cho‘zishdi. Shunday ko‘rsatmalar berildimi yoki o‘yinchilar chindan jarohat olishdimi?
— Ko‘rdingiz, bugun 2 nafar futbolchimizni majburiy tarzda o‘zgartirdik. Markaziy himoyachimiz va hujumchimiz jarohatlanishdi. Undan tashqari ob-havo ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Umuman olganda bunday ko‘rsatma yo‘q edi.

— Sobiq shogirdingiz Shohruz Norxonov "Navbahor"da o‘z o‘rnini topa olganicha yo‘q. O‘zini ko‘rsatishi uchun unga nima yetishmayapti?
— Bir narsa deyish qiyin, Norxonov, mening nazarimda, yuqori saviyali futbolchi, balki unga moslashish uchun vaqt kerakdir yoki qandaydir bosim bo‘lishi ham mumkin.

— O‘yinda oldin raqib jamoaga qarshi tayyorlanayotganizda ulardan nima kutgan edingiz?
— "Navbahor" jamoasida har bir pozisiyada top futbolchilari mavjud. Yuqori maqsadlarga ega. Psixologiya tomonidan ustunlik mezbonlarda edi, lekin jismonan olib qaraganda o‘yin teng kurashlar ostida bo‘lib o‘tdi. Yana bir bor mezbonlarni tabriklayman va keyingi uchrashuvlarda omad yor bo‘lsin.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 23:25, 01.07.2023.
O'qildi: 2623 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик