Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

Messi va boshqalar bilan "Inter Mayami" yangi mavsumda qanday tarkibga ega bo‘ladi?

Messi va boshqalar bilan "Inter Mayami" yangi mavsumda qanday tarkibga ega bo‘ladi?

Baho:
+ | -

"Inter Mayami" joriy transferlar oynasi yopilganidan keyin o‘zgacha tarkibga ega bo‘lishi kutilmoqda. Devid Bekxem tasarrufidagi klub 36 yoshli Lionel Messini o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi. Argentinalik Jahon chempioni tez orada, iyul oxirida yangi jamoasida debyut qiladi. Ammo u yolg‘iz emas. "Inter Mayami"ga yana bir nechta Yevropa futboli yulduzlari kelib qo‘shiladi. Xo‘sh, shundan so‘ng MLS gigantining asosiy tarkibi qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

Messining "Barselona"dagi qadrdon do‘stlaridan biri Serxio Buskets ham Messi ortidan okeanortiga yo‘l olgandi. U 18 yil davomida Kataloniya klubi sharafini himoya qilib, erkin agent sifatida 34 yoshida jamoani tark etdi.
Yana bir Messining sobiq jamoadoshi bu Jordi Albadir. U ham 1 iyuldan rasman erkin agentga aylandi. 34 yoshli himoyachi tez orada Messi bilan bir klubda to‘p tepishi mumkin. Bu "Barsa" uchligiga yana bir super-yulduz, ammo qarama-qarshi nom qo‘shilishi kutilmoqda. U "Real" afsonasi Serxio Ramosdir. 37 yoshli markaziy himoyachi ham "PSJ"dan xuddi Messi kabi erkin agent sifatida ketgandi. Sobiq Ispaniya terma jamoasi yetakchisi "Inter Mayami" a’zosi bo‘lishga yaqin turibdi.

Devid Bekxem shu bilan chegaralanib qolmaydi. U klubga boshqa ishsiz yulduzlarni ham jalb etmoqchi. Shunday nomlardan biri Jessi Lingard hisoblanadi. Ingliz yarim himoyachisi hozirda Mayami shahrida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda. "MYU" va "Nottingem"ga kerak bo‘lmay qolgan futbolchi, 30 yoshida o‘ziga yangi jamoa qidirish bilan band. Shu kabi katta nomlar mayamiliklar safidagi boshqa futbolchilar bilan birga harakat qiladi. "Inter Mayami" tarkibida bizga tanishroq bo‘lgan yana bir yulduz bor. U ham bo‘lsa sobiq "Tottenxem", "Nyukasl" va "Galatasaray" himoyachisi Deandre Yedlindir.

Jamoa darvozaboni Dreyk Kallender oldinlari MLSdan tashqarida harakat qilmagan. Himoyachi Ian Frey haqida ham shunday deyish mumkin. Yosh yarim himoyachilar 19 yoshli David Ruis va Benjamin Kremaskilar klub tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Markaziy hujumda harakat qiladigan Xosef Martines Shveysariya chempionatidan olib kelingandi. U yanvardan beri 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golga mualliflik qilgan.
Klubning MLSdagi ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi. Bekxem bosh murabbiy Fil Nevilni iste’foga chiqargandi. Ammo bu narsa jamoa natijalarini yaxshilamadi. Hozirda "Inter Mayami" sharqiy konferensiyada 19 ta turda 5 ta g‘alaba bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:23, 04.07.2023.
O'qildi: 6074 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.