Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Ingliz klublarini so‘nggi 15 yildagi ko‘rsatkichlariga qarab baholaymiz

Ingliz klublarini so‘nggi 15 yildagi ko‘rsatkichlariga qarab baholaymiz

Baho:
+ | -

"Chelsi"ga olib kelingan Maurisio Pochettino ko‘ra, u ish boshlagan klub so‘nggi o‘n besh yilda Angliyadagi eng yaxshisi ekan. Shunga qaramay, titul yutish bobida "Manchester Siti" "aristokratlar"dan baland turadi. Quyida APL klublarini so‘nggi 15 yilda nimalar qilganiga e’tibor qaratamiz.

1. "Manchester Siti" – 17 ta sovrin

Gavrdiola shogirdlari o‘tgan oyda "Inter"ni mag‘lub qilish orqali YECHL g‘olibiga aylangandi. "Shaharliklar" o‘tgan mavsumni trebl bilan yakunladi. Bu esa klubni oxirgi 15 yilda eng muvaffaqiyatli jamoalardan biriga aylantirdi. "Manchester Siti" ligada "Arsenal"ning qoqilishlaridan unumli foydalangan bo‘lsa, Angliya kubogi finalida qiyinchiliksiz "MYU"ni taslim etadi. Umumiy qilib hisoblaganda, 15 yil ichida Manchesterning moviy tomonidagilar 7 ta marta APLda, 3 marta kubokda, yana 6 marotaba liga kubogida zafar quchishdi. Shunday qilib, bu klub 15 yil ichida 17 marta titul yutishga erishdi.

2. "Chelsi" – 14 ta sovrin

2008 yildan beri "Chelsi" 14 marta sovrin yutishga erishdi. Bu jamoa vakillari uch marta Angliya chempioni, ikki bor YECHL g‘olibiga aylandi. Shuningdek, ularda 4 ta Angliya kubogi ham bor. Ularga liga kubogi, UYEFA Superkubogi, Jahon kubogi va ikkita Yevropa ligasi kubogini ham qo‘shsak, jami 14 ta bo‘ladi.

3. "MYU" – 12 ta sovrin

"Chelsi"dan sovrin yutish borasida ikkita ortda qolayotgan jamoa bu "Manchester Yunayted"dir. "Qizil iblislar" Fergyuson ketishidan avval 4 ta sovrin yutadi. Ular ichida APL, YECHL va Jahon kuboklari bor edi. Bundan tashqari mankunianliklar liga kubogi, Yevropa ligasi va Angliya kubogidagi zafarlari bilan ham maqtana oladi. Bu orqali ularning sovrinlari soni 15 yil ichida 12 taga yetdi.

4. "Liverpul" – 7 ta sovrin

Mersisaydliklarda bitta APL, bitta YECHL, jahon kubogi, UYEFA Superkubogi va Angliya kubogi bor. 2008 yildan beri bu jamoa 2 marotaba liga kubogida g‘olib bo‘ladi. Shu orqali "Liverpul" 7 ta sovrin bilan 4 o‘ringa joylashdi.

5. "Arsenal" – 4 ta sovrin

"Arsenal" ortda qolgan 15 yillik davr ichida titul yutish borasida ancha oqsadi. Arsen Venger bu jamoaga natija borasida ko‘p narsa bermay qo‘ygandi. Shu sabab to‘pchilar faqatgina Angliya kuboklari bilan cheklanishga majbur bo‘ldi. Kelayotgan mavsumda nimadir o‘zgarishi mumkin.

6. "Tottenxem" – 0 ta sovrin

Pochettinoning sobiq jamoasi hali ham nimadir yutishga intilib kelmoqda. Bu klub oxirgi marta 2008 yilda liga kubogida zafar quchadi. Shundan beri hechvaqo yo‘q. Ushbu qora an’ana Angelos Postekoglu davrida tugashi taxmin qilingan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:24, 04.07.2023.
O'qildi: 1620 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик