Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Gyuler "Fenerbaxche"ning rejalarini barbod qildi

Gyuler "Fenerbaxche"ning rejalarini barbod qildi

Baho:
+ | -

"Real" va "Fenerbaxche" Gyulerning transferi bo‘yicha 20+10 million yevroga kelishib oldi, deb xabar berdi xorij manbalari. Unga ko‘ra, yigitcha bugun, payshanba kuni Ispaniya poytaxtiga yo‘l oladi.

Xabaringiz bor, “Barselona” umidli yarim himoyachiga jiddiy da’vo qilgandi. ESPN xabariga ko‘ra, Arda boshqa klublar e’tiborini tortgach, Madrid klubi futbolchining transferini tezlashtirgan. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Gyulerning Madridga o‘tishi "Fenerbaxche"ning rejalarini barbod qildi. Manbaga ko‘ra, turk klubi yosh futbolchini "Real"dan ko‘ra "Barsa"ga sotishni afzal ko‘rgandi. Gap shundaki, "ko‘k-anorranglilar" futbolchini bir mavsum uchun "Fenerbaxche"da ijarada qoldirishni rejalashtirgan, deb yozdi Mundo Deportivo. “Qirollik klubi” esa Ardani hozirdanoq jamoada ko‘rmoqchi. ESPN esa “qaymoqranglilar” yarim himoyachini boshqa klubga ijaraga berishini istisno qilmayapti, deya yozmoqda. Shu tariqa, Gyulerning "Real"ga o‘tishi "Fenerbaxche"ni zudlik bilan unga o‘rinbosar izlashga majbur qilmoqda. Bu esa Istanbul klubining rejalariga umuman to‘g‘ri kelmagan.

Qolaversa, “Fenerbaxche” prezidenti Ali Kochning “Barselona” bilan biznes aloqalari bor edi. Turk tadbirkori 2022 yilgacha "Barsa" homiysi bo‘lgan Beko kompaniyasini boshqargan. Koch Gyulerdan g‘azablangan, chunki yigit Kataloniyani emas, balki Madridni tanlagan, deb yozdi Mundo Deportivo. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, transfer bo‘yicha yakuniy qarorni futbolchining o‘zi qabul qilgan, shuning uchun “Fenerbaxche” uni “qaymoqranglilar”ga sotishga rozi bo‘lishga majbur bo‘ldi.

Mundo Deportivo gazetasining yozishicha, Koch kelishuv yakunlangach, Gyulerning transferi tafsilotlarini oshkor qilishga va’da bergan.

Kiritildi: 09:59, 06.07.2023.
O'qildi: 3228 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.