Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Sardor Azimov: "Yozgi yig‘inni o‘tkazib yuborishim meni xafa qilyapti, tezroq safga qaytishga harakat qilaman"

Sardor Azimov: "Yozgi yig‘inni o‘tkazib yuborishim meni xafa qilyapti, tezroq safga qaytishga harakat qilaman"

Baho:
+ | -

Jarohat futbolchining qismatida bor bo‘lib, bundan qochib qutulish mushkul. Afsuski, “Andijon” jamoasidagi yana bir asosiy o‘yinchilardan biri safdan chiqdi.

Yaqinda Nodari Kavtaradze “Paxtakor”ga qarshi bellashuv paytida tizzasidan jiddiy jarohat olgani haqida ma’lumot bergandik. Endi esa iqtidorli yarim himoyachi Sardorbek Azimov ham davolanish jarayonini o‘tkazmoqda. Boisi, uning oyog‘ida ham jarohat borligi ma’lum bo‘ldi.

Ko‘rdingiz, birinchi davrani ushbu o‘yinchi ham qoyilmaqom tarzda o‘tkazib, g‘alabalarga munosib hissasini qo‘shdi. Ayniqsa, jamoamizdagi eng yaxshi assist vazifasini bajarib kelayotgani so‘zimizni isbotlaydi. Boisi, hisobida 5 ta assist bor va Kubok doirasida o‘zi ham 1 ta gol urgan.

Uning holidan xabar olish uchun xonadonida bo‘ldik va hozircha futbolchi qo‘ltiqoyoqdan foydalanishga majbur bo‘lib turibdi.   

— Sardor, jarohatingiz haqida o‘zingiz to‘liq ma’lumot berib o‘tsangiz.

— Bu jarohat “Buxoro” bilan uchrashuvda yuz berdi. Aniqrog‘i, 1-taym oxirida bo‘ldi. Shifokor o‘sha paytda muz qo‘ydi, unchalik bilinmadi. Jarohatim bilan o‘yinni davom ettirdim. Lekin uchrashuv so‘nggida og‘riq qattiqroq sezila boshladi va men murabbiydan almashtirishlarini so‘radim. Eng qiyini shundan keyin boshlandi. Oyog‘im shishib ketdi, qon tomirlari yorilib ketibdi, gematoma. Hozirda shu jarohatimni davolatib yuribman.

— Shifokorlar ko‘rigidasiz va bu qancha vaqtni o‘z ichiga oladi?

— Davolanish hamon davom etyapti. Boshida jiddiy emas, deb o‘yladik. Keyin bilsak shishish qaytmadi. Natijada og‘riq kuchayib bordi. Safga qachon qaytaman, hali bilmayman. Davolanishda davom etyapman.

— Birinchi davra yakunlari bo‘yicha eng yaxshi assist bo‘yicha 1-o‘rindasiz. Chunki hisobingizda 5 ta assist bor. Buni o‘zingiz ham hisoblab boryapsizmi?

— Bu vazifani bosh murabbiy bizdan doimo talab qiladi va har bir yarim himoyachi har o‘yinda buni amalga oshirishga harakat qiladi.

— “Andijon”ning birinchi davradagi ishtirokiga qanday baho berasiz?

— Ochig‘ini aytsam, bizda ajoyib jamoa shakllanib bormoqda. Bunga oxirgi o‘yinlarda ham guvohi bo‘lishingiz mumkin. Birinchi davrada yo‘qotilgan ochkolarni ikkinchi davrada to‘ldiramiz, degan umiddaman. Bizdan endi muxlislar faqat g‘alaba talab qilishadi. Shunga munosib tarzda javob berishga harakat qilamiz.

— 28 iyul kuni “Nasaf” bilan o‘yingacha qaytasizmi? Muxlislar sizni kutishyapti. Umuman olganda, hozirgi holatda kayfiyatingiz qanday?

— Rosti, yozgi yig‘inni o‘tkazib yuborishim meni xafa qilyapti. Iloji boricha tezroq safga qaytishga harakat qilaman.

— Baribir birinchi davradan keyin jamoamizning ancha-muncha potensiali ko‘rindi. Vaziyatga real qaraganda, mavsum oxirigacha “Andijon”ni qaysi o‘rinda ko‘ryapsiz va jamoada o‘z so‘zimni ayta olyapman, deb hisoblaysizmi?

— Endi birinchi davra ortda qoldi. Eng muhimi, oldinda. Hali bizni qiyin o‘yinlar kutmoqda. Shulardan kelib chiqib, agar o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olsak, 4-5-o‘rinlarda tugatsak kerak. Hali o‘yinlar ko‘p. Chiroyli o‘ynab ishqibozlarni xursand qilsak va jamoa g‘alabalariga hissamni qo‘shsamgina o‘z so‘zimni aytishim mumkin. Hali hech narsa qilmadim, kuchli o‘yinlarimiz oldinda.

P.S. Sardorga sog‘lik-salomatlik tilaymiz va ishonamizki, futbolchimiz yana o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan ishqibozlarimizni quvontiradi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:57, 07.07.2023.
O'qildi: 1440 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.