Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

"MYU" tarixidagi eng qimmat futbolchilar muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Meyson Maunt bu an’anani buza oladimi?

"MYU" tarixidagi eng qimmat futbolchilar muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Meyson Maunt bu an’anani buza oladimi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" Meyson Maunt uchun 60 million funt sarfladi. Bu qiymat klub tarixidagi eng qimmatlaridan biridir. Ammo eng qimmati emas. Yaqin tarixda "qizil iblislar" undan ham qimmatroq xaridlarni amalga oshirgan. Mauntdan ham katta pulga olingan futbolchilar soni beshta. Ammo ularni ӯta muvaffaqiyatli deya olmaymiz. Shu sababli, 24 yoshli futbolchi ulardan ko‘ra jamoaga yaxshiroq foyda keltirishga intiladi.

Masalan, mankunianliklar tarixidagi eng qimmatga olingan Pol Pogbaga e’tibor qarataylik. Yarim himoyachi 2016 yilda "Old Trafford"ga qaytadi. Ammo bu qaytish "MYU" uchun naq 89 million funtga tushgan. Pogba Fergyuson davrida "Yuventus"ga sotib yuborilgandi. Afsuski, fransiyalik jahon chempioni, o‘z nomini oqlay olmadi. U klub tarixidagi eng qimmat futbolchi nomiga loyiq harakat qilmadi. Olti yillik davr va shon-shuhratsiz Pogba erkin agent sifatida "Yuventus"ga qaytib keldi. Afsus.

"Qizil iblislar"ning ikkinchi eng qimmat o‘yinchisi Erik ten Xag davrida sotib olinadi. "Ayaks" hujumchisi Antoni katta potensialga ega futbolchi sifatida olib kelindi (82 million funt). Uning debyut mavsumini unchalik ham omadli deb bo‘lmaydi. Ammo 22 yoshli braziliyalikka hali ko‘p imkoniyat beriladi.
Agar siz 2019 yilda biror bir "MYU" muxlisiga 85 millionga sotib olinayotgan Xarri Maguayr jamoa sardori bo‘ladi deganingizda, ular xursand bo‘lgan bo‘lardi, albatta. Afsuski, so‘nggi mavsumlarda namoyish etilgan omadsiz o‘yinlar Maguayrni klub tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz futbolchilardan biriga aylantirdi. Maguayr kabi Lukaku ham avvaliga ajoyib o‘yin namoyish etgandi. Ammo murabbiy almashishi hujumchini zaxiraga mixlab qo‘ydi. Sulsher davrida belgiyalik "Inter"ga sotib yuboriladi.

Jeydon Sancho 73 million funt evaziga olib kelingandi. U ham Antoniga o‘xshab o‘ziga kerak bo‘lgan barqarorlikni topa olmayapti. Uni shu yozning o‘zida sotishlari mumkin.
Mauntdan qimmatroqqa olingan beshinchi vakil bu Kazemirodir (60+10 million funt). Braziliyalik tayanch yarim himoyachisi o‘tgan mavsumning eng yaxshilari qatorida edi. Ikkita qizil kartochkasini hisobga olmaganda, Kazemironi barqarorlik namunasi deyish mumkin. Ten Xag bu yurishi bilan kuchli aql-zakovat ko‘rsatgandi.
Meyson Mauntdan arzonroqqa sotib olingan futbolchilar ham bor. Ulardan biri biri – Anxel Di Mariya. U 59.7 million funtga "Real"dan olib kelinadi. Bir mavsum ichida argentinalik taqdirga tan berib, "PSJ"ga ketib qolgan edi.
Shuningdek, Fred va Brunu Fernandeshlar 52 milliondan xarid qilingan. Ularning qay biri omadli yoki aksi ekanini o‘z hukmingizga qoldiramiz.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:01, 10.07.2023.
O'qildi: 1950 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.