Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Farhod Sohibjonov: "Ikkinchi davrani bundan ham yaxshiroq o‘tkazamiz, degan umiddaman"

Farhod Sohibjonov: "Ikkinchi davrani bundan ham yaxshiroq o‘tkazamiz, degan umiddaman"

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, “Andijon” ikkinchi davraga tayyorgarligini boshladi. Tojikistonda o‘tayotgan yig‘in mavsumning ikkinchi qismi uchun juda muhim hisoblanadi. Shu sababli futbolchilar mashg‘ulotlarda zo‘r berib ishlashmoqda.

Jamoaning iste’dodli o‘yinchilaridan biri Farhod Sohibjonov esa “Andijon” klubi matbuot xizmatiga tayyorgarlik, birinchi davradagi taassurotlar va ikkinchi davra oldidan nimalarni ko‘zlayotgani haqida gapirdi.

— “Andijon”ning ikkinchi davraga tayyorgarligi Tojikistonda boshlandi. Barchasi siz uchun qoniqarli kechyaptimi?
— Ha, tayyorgarligimizni boshlab oldik. Bu yerdagi sharoitlar yaxshi, ko‘nglimiz to‘lyapti.

— Ayting-chi, birinchi davradan har jihatdan qoniqdingizmi?
— Ha, menimcha, muxlislarimizni ham ko‘ngli to‘lyapti, deb o‘ylayman. Ikkinchi davrani ham mana shunday ruhda va bundan ham yaxshiroq o‘tkazamiz, degan umiddaman. Uy o‘yinlarimizda ishqibozlarimiz yanada ko‘proq bo‘lsa, biz futbolchilarga dalda berib turishadi va bundan ham zo‘r o‘yinlar ko‘rsata olamiz.

— Umuman olganda, ikkinchi davradan nima kutyapsiz?
— Ikkinchi davrada ko‘proq gollar urib, golli paslarni amalga oshirib, jamoamning g‘alabalariga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman.

— Yozgi yig‘indagi asosiy e’tibor nimaga qaratilyapti?
— Yozgi tayyorgarlikda e’tiborimiz ko‘proq chidamlilik, texnika va taktikaga qaratilgan. Bir qator o‘yinchilarimiz jarohatdan keyin endi qaytishdi. Ularga tezroq sport formasiga tushib olishlarini tilab qolaman. Yana boshqa jarohat olgan jamoadoshlarimiz ham bor va ularga sog‘lik tilab, tezroq safimizga qaytishini istayman. Biz bir jamoamiz!

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 16:03, 10.07.2023.
O'qildi: 1178 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик