Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Rasman! «Olimpik» Sherzod Esanovni ijaraga oldi

Rasman! «Olimpik» Sherzod Esanovni ijaraga oldi

Baho:
+ | -

Kuni kecha "Andijon" a’zosi Sherzod Esanovning “Olimpik” klubiga ko‘chib o‘tishi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani xususida xabar bergandik. Shuni ma’lum qilamizki, ikkala tomon bir to‘xtamga keldi va Esanov ikkinchi davrani “Olimpik” jamoasida o‘tkazadi.

Ijara shartnomasi 10 iyul kuni har ikkala klub tomonidan rasmiylashtirildi. Shunday ekan, Esanov rasman “Olimpik” a’zosiga aylandi.

Ta’kidlash joizki, “Olimpik” jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni bugun, 11 iyuldan boshlaydi hamda 12 iyul kuni Turkiyaga o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun jo‘nab ketishi rejalashtirilgan.

Ma’lumki, 20 yoshli iqtidorli yarim himoyachi “Andijon” safiga o‘tgan yilgi mavsum boshida qo‘shilgan. O‘shanda Pro ligada “Andijon” tarkibida 17 ta o‘yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 2 ta gol urgan. O‘zbekiston Kubogi doirasida esa 1 ta o‘yinda 1 ta gol muallifiga aylangan. Tabiiyki, jamoamizning Superliga yo‘llanmasi qo‘lga kiritilishida ushbu yarim himoyachining ham hissasi bor. Bu yil esa Esanov Superligada debyutini o‘tkazdi va “Andijon” tarkibida 5 ta bellashuvda qatnashdi.

Xabaringiz bor, Esanov bu yil O‘zbekiston U-20 terma jamoamiz safida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi va Argentinada o‘tkazilgan mundialda yurtimiz sharafini himoya qildi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 05:30, 11.07.2023.
O'qildi: 2223 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик