Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

Tohir Mo‘minov: "Andijon" shunchaki oddiy jamoa emas"

Tohir Mo‘minov: "Andijon" shunchaki oddiy jamoa emas"

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasining Tojikistonda olib borayotgan yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida ma’lumot berib o‘tgandik. Ulardan biri 16 iyul kuni “Ravshan Kulob” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Mazkur klubni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlariga juda yaxshi tanish bo‘lgan va ayniqsa, andijonlik muxlislarning qalbidan chuqur joy egallagan Tohir Mo‘minov boshqarib bormoqda.

Tohir Rahimjonovich 1970 yilning 20 avgust kuni Dushanbeda tavallud topgan. Futbolchilik faoliyatida bir qator klublarda o‘ynagan va ularning orasida uning uchun ham “Andijon” alohida ahamiyat kasb etadi. Boisi, Mo‘minov  1996-2002 yillar mobaynida jamoa sharafini munosib himoya qila olgan. Pleymeyker sifatida qanday o‘yinlar namoyish etganini eslash yoqimli, albatta. Bir so‘z bilan aytganda, u “Andijon” futbol klubi tarixidan joy olgan holda uning afsonalaridan biriga aylangan. Shuning uchun uni haligacha muxlislar eslashadi va hurmat qilishadi.

Tohir Mo‘minov o‘z jamoasi – “Ravshan Kulob” bilan birga “Andijon” yig‘in o‘tkazayotgan Bahoriston mavzesiga keldi va shu yerda yig‘inga kirishishdi.

Fursatdan foydalangan holda “Ravshan Kulob” jamoasining tayyorgarlik jarayonini kuzatdik va mashg‘ulot nihoyasiga yetganidan so‘ng Tohir Mo‘minovni suhbatga tortdik.  

— Tohir Rahimjonovich, siz bilan uchrashib turganimizdan xursandmiz. “Andijon” klubi ishqibozlarining qalbidan joy egallagansiz. Sobiq jamoangiz haqida gap ketganda nimalarni eslaysiz?

— Hamma andijonlik muxlislarga katta salom. Andijon mening ikkinchi vatanim hisoblanadi. Mening hamma yaxshi o‘yinlarim o‘sha yerda o‘tgan. Andijon shahrini juda yaxshi ko‘raman. Andijonga borishni va muxlislar bilan uchrashishni orzu qilyapman. Shunday vaziyat bo‘lganki, Sergey Shevchenko “Qizilqum” bosh murabbiyi etib tayinlanganida meni ham u yerga taklif qilgandi. Ammo “Andijon”dan ketmaganman. Chunki bu klubni yaxshi ko‘rardim va hurmat qilardim. O‘z vaqtida Andijonda sport boshqarmasida Ma’mur aka ishlagan paytda meni keyinchalik “Andijon”ga murabbiy bo‘lasan deb aytgan va buni orzu qilaman. Balki keyinchalik andijonlik muxlislar bilan uchrasharman. “Andijon” jamoasini doim kuzatib boraman. Pro ligaga ham tushib chiqdi. 1997 yili ham jamoani birinchi ligaga tushib ketish xavfi bo‘lgandi, ammo saqlab qolganmiz. O‘sha paytda Sergey Shevchenko kelgan va jamoani olib qolganmiz. 1999 yili ham muammolar bo‘lgandi, biroq “Andijon”ni saqlab qola olganmiz. Shevchenko klubga kelgach, vaziyatni o‘zgartira olgandi. Jamoa oliy ligani tark etgan paytlarida men “Andijon” uchun qayg‘urdim. O‘sha paytda Orif Mamatkazin, Baxtiyor Hamidullayev, Qobil Olimjonov kabilar bilan aloqada bo‘lib turdim va ularga jamoani saqlab qolish kerakligini aytib, bu borada ularga omad tilaganman. “Andijon” shunchaki oddiy jamoa emas. O‘z muxlislariga, o‘z qadriyatlari va yo‘nalishiga ega jamoa. Biz o‘ynayotgan paytda jamoaning hozirgi stadioni qurilayotgandi, lekin bizga u yerda o‘ynash nasib qilmagan. Raqiblarga Andijonda ochko olish juda murakkab bo‘lardi. “Andijon” jamoasini tezroq o‘z stadioniga qaytishini xohlayman. Muxlislari qayerda bo‘lmasin o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlashadi. Farg‘onadagi uchrashuvlarda ham fan-klub doim “Andijon” bilan birga bo‘ldi.

— Bilamizki, siz o‘ynagan paytda Baxtiyor Hamidullayev to‘purarlik salohiyatini namoyish etgan. O‘shanda hamma shunday derdi: Hamidullayevni to‘purar qilgan bu – Tohir Mo‘minov...

— Baxtiyor Hamidullayev iqtidorli futbolchi bo‘lgan. U birinchi ligada “Shahrixon”dan taklif qilingan. U 100 dan ziyod gollar urgan. Baxtiyor o‘ziga xos o‘yinchi edi. Tohir Mo‘minov, Otabek Pirmatov, Andrey Shipilov, Orif Mamatkazin, Shavkat Abdurahmonov, Seyran Gafarov singari ijrochilar bo‘lgan. O‘shanda yaxshi jamoa tuzilgan. Baxtiyor esa o‘z imkoniyatlaridan foydalana olgan. Hozir O‘zbekiston chempionatini ko‘ryapman. Ammo endi bu kabi hujumchilarni ko‘rmayapman. Ha, legionelar bor, “Paxtakor”da Cheran to‘p suryapti. Biroq Ja’far Irismetovga o‘xshagan hujumchilar yo‘qligi bu yomon holat. To‘g‘ri, o‘zbek futbolida Eldor Shomurodov bor. Uning saviyasi baland, ammo u chempionatingizda emas. Superligada esa yaxshi hujumchilar kamayib ketdi. Biz to‘p surgan paytda tojikistonlik futbolchilar bo‘lardi. Masalan, “Andijon”da markazda men va Shahob Rajabov o‘ynardik. MHSKda No‘’mon Hasanov va Shuhrat Rahmonqulov, “Neftchi”da Stepan Atoyan, Sergey Lebedev, “Nasaf”da Ro‘ziqul Berdiyev, “Buxoro”da Usmon Toshev – bular aqlli o‘yinchilar bo‘lgan. Qolaversa, yaxshi toifadagi darvozabonlar ham bor edi. Hozirda bu kabi futbolchilar muammoli. Bizda ham xuddi shunday. Ayniqsa, darvozabonlar borasida muammolar bor. Bu kabi muammolarni hal qilish uchun avvalo bolalar futboli murabbiylari yoshlar bilan astoydil ishlashi kerak. Jamoalar akademiya bilan bitta sxemada ish olib borishi lozim. Oldin ham shunday muammo bo‘lgandi va hozir ham shunday. Andijon viloyatidan yetishib chiqayotgan mahalliy o‘yinchilar qancha? Bizda shundayki, bitta murabbiy keladi, o‘z o‘yinchilarini chaqiradi. U ketib o‘rniga boshqasi kelsa, yana boshqalarni chaqiradi va natijada mahalliy o‘yinchilarga e’tibor kamayib boraveradi. Bu paytda murabbiy kimnidir taklif qilishi kerak emas, aksincha mahalliy kadrlarga e’tibor qaratish lozim.

— Tabiiyki, sobiq jamoangizning bugungi kundagi natijalaridan yaxshi xabardorsiz-a?

— Ha, televizor orqali O‘zbekiston chempionatini ko‘raman, menda O‘zbekiston telekanallari bor. “Andijon” jamoasining o‘yinlarini kuzatib boryapman. Jamoa ochkolarni qo‘lga kiritishni boshladi, yaxshi o‘yinlar ko‘rsatyapti. Turnir jadvalida yuqoriladi. Mana shunday ruhda davom etish kerak. Klub murabbiyini ham o‘z g‘oyalari bor. Lekin albatta mahalliy murabbiylar ham jamoada ish olib borishi kerak. Bu “Andijon”ning kelajagi uchun juda muhim. Andijondagi akademiyalar ham faqat “Andijon” klubiga o‘yinchi yetishtirish uchun ishlashi kerak.

— Oldinda “Ravshan Kulob” va “Andijon” ishtirokida nazorat uchrashuvi bor. Sobiq jamoangizga qarshi o‘yin siz uchun alohida ahamiyatga egami?

— Biz hozirda OFK Kubogi uchun tayyorgarlik olib boryapmiz va futbolchilarni tekshiryapmiz. Menda Andijonga borib o‘yin o‘tkazish bo‘yicha katta xohishim bor edi. Klub rahbari Ulug‘bek Mirzayev bilan gaplashganimizda Bahoristonda yig‘in o‘tkazishini aytib o‘tdi. Natijada shu yerda o‘ynaymiz. Bu asosiy tayyorgarlik bosqichi. Ushbu uchrashuv sizlar uchun ham, biz uchun ham ancha qiziqarli bo‘ladi. “Andijon” o‘tgan safar ham bu yerga kelib tayyorgarlik ko‘rganidan keyin chempionatga qaytgach, ochkolarni jamg‘ardi. Ko‘rinib turibdiki, ushbu yig‘in “Andijon”ga foydali bo‘ldi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:36, 11.07.2023.
O'qildi: 1379 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.