Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/11 00:45 Kalyari 1-0 Verona
30/11 01:00 Brayton 1-1 Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka 2-1 Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta
01/12 00:45 Bolonya - Venetsiya
01/12 01:00 Valyadolid - Atletiko

Londonga qaytish. Pochettino "Chelsi"da bajarishi kerak bo‘lgan 5 ta asosiy vazifa

Londonga qaytish. Pochettino "Chelsi"da bajarishi kerak bo‘lgan 5 ta asosiy vazifa

Baho:
+ | -

Pochettinoning "Chelsi"da bajarishi kerak bo‘lgan 5 ta asosiy vazifasi bilan tanishtirib o‘tamiz.

Tarkibni tozalashda davom etish

Iyun oyi oxirida "Chelsi" tarkibidagi bir qancha futbolchilar transfer qilindi. Bu borada klub o‘z moliyaviy ahvolini birozga bo‘lsa ham yaxshilay oldi. Sport direktorlari Pol Uinstall va Lourens Styuart qisqa vaqt ichida 8 ta ftbolchiga chiqish eshiklarini ochdi. Bu ishlar hali davom etishi mumkin.

Eduard Mendi, Kalidu Kulibali va Ngolo Kante Saudiya Arabistoniga yo‘l olishdi. Kay Xavers, Meyson Maunt va Mateo Kovachich mos ravishda "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti"ga o‘tishdi. Ruben Loftus-CHik ham yangi taklifni qabul qildi va Milanga ko‘chib o‘tdi. Sezar Aspilikuyeta esa Ispaniyaga qaytdi va "Atletiko Madrid" bilan shartnoma imzoladi.

I vrataryat na Chelsi otiva v Sauditska Arabiya - Sport - Telegraf

Pochettino bu transferlarga qanchalik jiddiy ta’sir qilgani noma’lum, ammo u sotuvning keyingi bosqichida ko‘proq ishtirok etishi shubhasiz. Kallum Xadson Odoi ketmoqchi, Obameyang ham London klubini tark etishi mumkin. Hakim Ziyesh va Kristian Pulishich ham "Stemford Bridj" bilan xayrlashish niyatida. Romelu Lukakuning kelajagi hali ham muhokama qilinmoqda, ammo u ham "Chelsi"da qolmoqchi emas.

Birdamlikni yaratish

Futbolchilarni sotish kerak edi, ammo klubni qancha tajribali o‘yinchilar tark etayotgani, shuningdek, yangi kelganlarning ko‘pligi sababli klub o‘z obro‘sini yo‘qotib qo‘yish xavfi ham bor. Pochettino yangi muhitda, biroq u "Chelsi" bosh murabbiyi bo‘lish va "Stemford Bridj"da muvaffaqiyat qozonish uchun jamoada nimalar qilishi haqida tez o‘ylab topishi kerak. Avvalo, muvaffaqiyatning asosi bo‘lgan birdamlikni ta’minlash va mustahkamlash zarur.

Vozvrasheniye v London: 5 glavnix zadach Pochettino v «Chelsi»

Klubdagi birinchi intervyuga qaraganda Pochettino buni juda yaxshi tushunib turibdi:

"Biz hamjihatlik ko‘rsatadigan, klubga g‘amxo‘rlik qiladigan, muxlislari haqida qayg‘uradigan va sovrin uchun oxirigacha kurashadigan jamoa bo‘lishimiz kerak. Muxlislarga to‘lgan uchrashuvlarda futbolchilar oxirigacha kurashishi kerak va muxlislarning ishonchini qozonish zarur. Jamoada kayfiyatni yaxshilash va bir-biriga bo‘lgan hurmatni saqlab qolish eng muhimidir.

Yangi jamoa sardorini tanlash

So‘nggi 7 oy ichida "Chelsi" sardorini, so‘ngra vise-sardorini ham boy berdi. Avvaliga Jorjinyo "Arsenal"ga o‘tdi, endi esa Aspilikuyeta klubni tark etdi. Pochettino yangi mavsum oldidan jamoa sardori kim bo‘lishi kerakligini aniqlab olishi lozim. Muammo shundaki, tarkibning tozalanishi tufayli klubni tushunadigan va uning qadriyatlarini, mas’uliyatini zimmasiga oladigan tajribali futbolchilar deyarli yo‘q.

Istochnik: Aspilikueta pereydet v madridskiy «Atletiko» ⊕ Novosti futbola na  M.footballhd.ru

Eng yaqin variantlar orasida bir paytlar sardorlik bog‘ichini taqqan Tyago Silva va klub tarbiyalanuvchisi Ris Jeymslar bor. Shu bilan birga, Rahim Sterling va Ben Chiluell ham da’vogarlar safida. Maydondagi yetakchini tanlashda Pochettino qaysi yo‘nalishni tanlashi va kimga sardorlik bog‘ichini berishi qiziq.

Kaskarino: «Tyago Silva sposobstvuyet progressu Djeymsa»

Jamoaning fizik holatini yaxshilash

Pochettino garchi kamera oldida yaxshi ko‘rinsa-da, o‘zining mavsumoldi o‘yinidagi qattiqqo‘l yondashuvi bilan futbol olamida mashhur bo‘lib, o‘yinchilarni yuqori pressing va baquvvat o‘yin uslubi uchun zarur bo‘lgan jismoniy holatga erishish yo‘llarini tuzib chiqdi. Mish-mishlarga ko‘ra, "Chelsi" o‘yinchilari ikki haftalik og‘ir mashg‘ulot davriga duch kelishadi. Bu argentinalik mutaxassisning o‘ziga xos imzosi.

Vozvrasheniye v London: 5 glavnix zadach Pochettino v «Chelsi»

Aynan shu narsa bilan futbolchilar optimal formaga kirishlari kerak. Vaqtinchalik murabbiy Frenk Lempard o‘tgan mavsum oxirida ko‘plab futbolchilar formada emasligini aytgandi. Bundan tashqari, ko‘pchilik jarohatlarga duch kelishdi. Bu ehtimol, Frenk va Grem Potterning 30 dan ortiq futbolchidan iborat guruhda ishlash natijasidir. Individual o‘yinchilarni topish ham qiyin bo‘ldi.

Kadrlar bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish

O‘tgan mavsum oxirida "Chelsi"ning yozgi transferlar oynasida asosiy e’tibor o‘yinchilardan xalos bo‘lishga qaratilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bu klubda kadrlar bilan bog‘liq muammoni tez bartaraf etish borasidagi ilk qadamlar bo‘ldi. Ammo so‘nggi 1 yil ichida katta transfer harajatlariga qaramay, "aristokratlar" hali ham bir nechta xaridlarga muhtoj.

Problem s transferom net, «Chelsi» gotovitsya ob’yavit o pokupke novogo igroka

London klubining short-listida kamida bitta yarim himoyachi bor. "Brayton"dan Moyses Kaysedoni sotib olish uchun allaqachon muzokaralar olib borilmoqda. Mauntning o‘rniga ham pleymeyker topish kerak. Yaxshi darajadagi hujumchi ham zarar qilmaydi. Agar tuzukroq hujumchi topilmasa, Nkunku gol urish pozisiyasiga chiqadi. Fransiyalik gol ham ura olishini Bundesligada ko‘rsatib ulgurgan.

Nkunku viskazalsya o vozmojnom vozvrashenii v PSJ - iSport.ua

Yangi mavsumda "Chelsi" APL g‘olibigi va CHL yo‘llanmasi uchun ham kurashadigan klubga aylanishi mumkin. Bu borada Pochettino ishlarni boshlab yuborgan. Qanday natija ko‘rsatilishini esa vaqt ko‘rsatadi. Ko‘ramiz, kuzatamiz...

Manba: goal.com
Kiritildi: 13:57, 12.07.2023.
O'qildi: 2236 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.