"Bornmut" bosh murabbiyi jamoa rejalari haqida fikr bildirdi. Yaqindagina klub rahbariyati Andoni Iraolani murabbiylikka tayinlagan edi. Ispaniyalik mutaxassis yangi mavsum oldidan tarkibga 5-6 ta yangi futbolchilar kerak ekanini bildirdi.
U to‘p bilan yaxshi harakatlanadigan o‘yinchilarga muhtoj. Iraola yangi mavsum og‘ir kelishini, unda APLda qolish uchun kurash kechishini ta’kidladi.