Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Meyson Mauntning sirini soch turmagi fosh qildi

Meyson Mauntning sirini soch turmagi fosh qildi

Baho:
+ | -

«Chelsi» tarbiyalanuvchisi Meyson Maunt rasman «MYU» safiga qo‘shildi.

 «Qizil iblislar» futbolchi transferiga bonuslar bilan birga 60 million funt sterling (55+5) to‘lashadi. Yarim himoyachi 2028 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan shartnomaga asosan haftasiga 250-300 ming funt (bonuslar bilan birga) miqdorida maosh oladi. Kelishuv bandiga muvofiq, tomonlar hamkorlik muddatini yana 1 mavsumga cho‘zishlari mumkin. E’tiborli tomoni, Meyson yangi klubida tirik afsona Krishtianu Ronaldu ketganidan buyon bo‘sh turgan 7-raqam ostida to‘p suradi.

«Chelsi» muxlislari esa hozir o‘zlarini qo‘yarga joy topolmayaptilar. Yo‘q, ular aslida Meysonning ketish qarorini to‘g‘ri qabul qilishdi. Faqat futbolchi xayrlashuv videomurojatini 1 oy oldin yozgani oydinlashgach, munosabat mutlaqo o‘zgardi. Londonliklarga Mauntning iloji boricha tezroq «MYU»ga o‘tishni xohlagani tinchlik bermayapti, chog‘i.

«Oxirgi 6 oy davomida ro‘y bergan voqealarni hisobga olsak, ketish haqidagi qarorim sizlarni ajablantirmasa kerak. Ammo bu holat «Chelsi» bilan osongina xayrlashishimni anglatmaydi aslo. Sizlarni yozma xayrlashuvdan ko‘prog‘iga munosib ko‘rdim va 18 yil davomida qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun videomurojaat bilan minnatdorchilik bildirishni lozim topdim. Bilaman, ba’zi muxlislar qarorimdan mamnun bo‘lmaydilar, ammo tushuning, faoliyatimning hozirgi bosqichida menga shunday o‘zgarish kerak. «Chelsi»ga 6 yoshda keldim va ortda qolgan yillar ko‘p voqealarni birga boshdan o‘tkazdik: yoshlar birinchiligidagi g‘alaba va yilning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrin, keyin cuperkubok va Klublar o‘rtasidagi JCHda zafar... Albatta, CHL kubogini qo‘lga olganimiz ham unutilmas voqea... Sizlarga eng yaxshi tilaklarni ravo ko‘raman» - Mauntning «ko‘klar» muxlislariga yo‘llagan videomurojaatida hammasi joyida. Ammo...

Meyson «MYU» bilan shart­noma tuzib bo‘lgach, «Chelsi»ning Karringtondagi bazasida ko‘rinish berdi. Ehtimolki, transferning yakuniy hujjatlarini to‘g‘rilash uchun kelgandir. «Chelsi» muxlislari esa bitta jihat - futbolchining soch turmagiga e’tibor qaratishdi. Shu tariqa kichik «tekshiruv» olib borildi va xayrlashuv videomurojaati deyarli 1 oy oldin yozib qo‘­yilgani aniqlandi. Qisqasi, videolavha va bazada ko‘ringan Mauntning soch turmaklari o‘rtasida osmonu yerchalik farq bor...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:22, 22.07.2023.
O'qildi: 3691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.