Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

«PSJ» - klub emas, qamoqxona...»

«PSJ» - klub emas, qamoqxona...»

Baho:
+ | -

Marko Verrattining sobiq agenti Donato di Kampli «PSJ»ni qamoqxonaga qiyosladi, klubni futbolchilarga tahdid solishda aybladi.

Tabiiyki, bu katta jamoa uchun keskin ayblov. Italiyalik agentning aytishicha, u Parij klubi sohibi Nosir al Xelayfi tufayli yetakchi mijozini yo‘qotgan ekan. Donato di Kampli yana Marko Verratti vaqtida «PSJ»dan «Barselona»ga o‘tishni xohlaganida, klub italiyalik yarim himoyachini oshkora tahdid bilan Parijda olib qolishga erishganini bayon qildi.

Bilasiz, joriy yoz Parijda Kilian Mbappe kelajagiga bog‘liq dostonning yangi seriyasi boshlandi. Fransiya milliy jamoasi hujumchisi «PSJ» bilan amaldagi shart­nomasi muddatini uzaytirmoqchi emas va yangi mavsum yakunida klub bilan erkin agent maqomida xayrlashmoqchi. OAVdagi xabarlar oqimiga qarasak, «PSJ» rahbariya­ti yulduz futbolchi pozisiyasidan g‘oyat g‘azabda va goleadorni shu yozda sotmoqchi. Aks holda, parijliklar Kilian yangi shartnoma ostiga imzo chekishi uchun qo‘shimcha chora-tadbirlarni qo‘llashga ham tayyorlar. Ushbu voqelik fonida Donato di Kamplining Relevo nashriga bergan oshkora intervyusi xuddi «olov ustiga moy quyish» kabi bo‘ldi. Italiyalik agent Parij klubi futbolchilar bilan muzokara jarayonida «shantaj» (to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid) usuliga murojaat qilishni yaxshi ko‘rishini ta’kidlamoqda. «Futbolchilar Parijda qamoqqa tushishadi, ular shunchaki, klub xohlaganidek yo‘l tutishlari shart. Ya’ni shaxsiy istaklari o‘z ahamiyatini butkul yo‘qotadi. Umuman, «PSJ»da har qanday munozara yoki muammoni «shantaj» yoki cho‘chitish evaziga hal qilishni yaxshi o‘zlashtirishgan. Xususan, Verratti bilan «Barselona» variantini tanlaganimizda, bu amirga aslo yoqmadi. Nosir al Xelayfi hattoki, menga oshkora tahdid soldi: «Agar «Barsa» bilan muzokarani davom ettirsang, Verratti sen bilan aloqani uzadi. Qadamingni o‘ylab bos...». Keyin hammasi u aytganidek bo‘ldi. Ishonchim komil, Marko «shantaj»dan qo‘rqib ketgan, to‘g‘ri, u buni tan olmaydi, lekin haqiqat shu. Umuman, Verratti klub safiga qo‘shilgan kuni qamoqqa tushdi. Bilaman, biz «Barselona» vakillari bilan aloqa o‘rnatganimizdan keyin «PSJ» mijozimni bir necha marta jiddiy «ogohlantirgan». Parijliklar shuningdek, Neymarni sotib olishlari va uning atrofida yangi loyiha yaratishlarini aytishgan. Haqiqat shuki, agar ularga qarshi chiqsangiz, hammasi shaxsiy hisob-kitobgacha borishi hech gap emas. Esimda, «Barselona»ning sobiq prezidenti Xosep Mariya Bartomeu amirga oxirigacha qo‘ng‘iroq qilavergan, ammo u biror marta javob bermagandi. Qisqasi, «PSJ» bilan yomon tajribani boshdan o‘tkazdim, juda yomon. Parijda faqat pul haqida o‘ylashadi. «PSJ» - qalbsiz klub. Jamoa futbolchilarni qo‘yib yubormayapti, chunki al Xelayfi va uning atrofidagilar nazdida hammasini sotib olish mumkin, pul bilan dunyo­ni zabt etish imkoni bor. Ammo bu ilojsiz ekanligini hamma allaqachon ko‘rib bo‘ldi «PSJ» misolida...», - dedi di Kampli.

Qo‘shimcha qilish o‘rinli, Verratti 2017 yili chindan ham, hamyurti bilan hamkorlikni to‘xtatib, marhum Mino Rayola mijoziga aylandi, ammo u bu qaroriga hech qachon qandaydir izoh bergan emas. Ehtimol, barchasi di Kampli aytganidek rivojlangandir... 

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:10, 03.08.2023.
O'qildi: 4924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.