Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Samvel Babayan: “SHunchaki vaziyatlardan foydalana olmayapmiz”

Samvel Babayan: “SHunchaki vaziyatlardan foydalana olmayapmiz”

Baho:
+ | -

Superliganing 15-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Navbahor” (1:1) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Samvel Vyacheslavovich odatdagidek, o‘z so‘zini uchrashuv haqidagi fikrlari bilan boshladi.          

— So‘nggi o‘yinlar juda qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tmoqda. Barcha shu jumladan, mezbonlar ham yuqoridagi kayfiyatda. “Metallurg” turnir jadvalining ikkinchi qismida bormoqda va mezbonlarga ochko juda muhim. Shu sababli, ushbu bahsning qiyin kechishini bilgandik. Umuman olganda, jamoamiz reja asosida o‘ynayotgandi. Gol urdik, bundan tashqari, yaxshi vaziyatlarimiz ham bo‘ldi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida ham gol urishimiz va o‘yinni mantiqan yakunlashimiz kerak edi. Biroq buning uddasidan chiqa olmadik. Bekobodliklarga tan berish kerak, ular oxirigacha kurashishdi. Afsuski, qo‘pol xatolar bois, bahs yakunida o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik.

Bu futbol, bunaqasi bo‘lib turadi. Menimcha, aybni o‘zimizdan qidirishimiz va taxlil qilishimiz kerak. Qizil olgan futbolchimiz o‘yinni kuchaytirish uchun maydonga tushirilgandi, ammo, afsuski, barchamizni qiynab, maydonni erta tark etdi. Umuman olganda, yigitlarga e’tirozim yo‘q. Barchada bosim bor. Oldinga intilishda davom etamiz. Xatolarni to‘g‘rilash uchun ishlaymiz va har tomonlama izlanamiz.

— “Navbahor” oxirgi bahslarda kam gol urib, kichik hisoblarda g‘alaba qozonmoqda. Bu sizni xavotirga solmayaptimi?
— Yigitlarga kam gol uringlar, deb aytmayapmiz. Shunchaki vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Muammo mana shunda. Albatta, o‘yinlarni yaqqol ustunlik bilan yakunlashni istaymiz. Bugun ham ikkinchi va uchinchi gollarni urishimiz mumkin edi. Afsuski, tarkibda sifatli futbolchilarimiz ko‘p bo‘lsa-da, hujumlarni yakunlashda katta muammolarimiz bor.

— Ikkinchi bo‘limda “Navbahor” futbolchilarining vaqt cho‘zishlari sababi, natijani ushlab qolishmidi yoki bu jarohatlarga bog‘liqmi?
— Yigitlar hech qachon vaqt cho‘zishmaydi. Buning barchasi jarohat bilan bog‘liq. Bularni tibbiy shtabimiz bilan ko‘rib chiqishimiz kerak.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:32, 05.08.2023.
O'qildi: 1521 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик