Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Vesko Steshevich: “Biz bilan o‘yinda hech kimga oson bo‘lmaydi”

Vesko Steshevich: “Biz bilan o‘yinda hech kimga oson bo‘lmaydi”

Baho:
+ | -

Superliganing 15-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Navbahor” (1:1) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Serbiyalik mutaxassis odatdagidek, o‘z so‘zini uchrashuv haqidagi fikrlari bilan boshladi.      

— Raqib o‘yinni yaxshi boshladi. Biroq, o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborganimizdan keyin, barcha ishni boshidan boshladik. O‘tkazib yuborilgan to‘pdan keyin e’tiborni biroz yo‘qotdik. Chunki o‘rtada qizil kartochkali vaziyat bo‘ldi. Unga ham rejani o‘zgartirishimiz kerak edi. Bu jarayon juda uzoq kechdi va yigitlarning konsentrasiyasiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Standart vaziyatdan so‘ng, o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborganimizdan keyin, o‘yinni o‘z tomonimizga og‘dira oldik.

Birinchi bo‘limda ham yomon o‘ynamadik. Ammo hisobni tenglashtira olmadik. Vaziyatlar bo‘ldi. Shaxzod G‘ofurbekov yaxshi imkoniyatni golga aylantira olmadi. Biroq shunda ham kuchli raqib fonida yomon ko‘ringanimiz yo‘q.

Ikkinchi bo‘limni yaxshiroq boshladik va raqibga bosim o‘tkazdik. “Navbahor”da chempion tarkib bor, lekin o‘yin bobida ulardan qolishganimiz yo‘q. Bu 90 daqiqa mobaynida munosib kurashgan futbolchilarim uchun katta maqtov. So‘nggi daqiqada gol urib, hisobni tenglashtirdik. Bu orqali bemalol futbolchilarimizni maqtasam bo‘ladi. O‘yin bobida ham bir ochkoga munosib edik. Raqibni ham tabriklayman, namanganliklar tarkibida yuqori saviyali futbolchilar juda ko‘p. Ular o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsad uchun oxirigacha kurashishadi.

— Shahzod Ne’matjonovning birinchi bo‘limda almashtirilishiga sabab nima? Uning jarohati jiddiy emasmi?
— Sababi jarohat. U jahon chempionatida orttirib olgan jarohatini qaytalab oldi. Jiddiy emasmi? Bilmasam. Hali ham yakuniy xulosani kutyapmiz. Agarda u rostdan ham eski jarohatini qaytalab olgan bo‘lsa, bu jiddiy bo‘lishi mumkin.

— Bugungi yo‘qotilgan ochko “Navbahor”ga chempionlik kurashida katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. O‘z navbatida “Metallurg” chempionlik uchun kurashayotgan “Paxtakor”, “Nasaf” kabi jamoalardan ham ochko tortib olishi mumkinmi?
— Bugungi raqibimiz “Navbahor”, shuningdek, “Paxtakor”, “Nasaf” yoki “Neftchi”ning yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgani yaxshi holat. To‘g‘risini aytsam, buni kuzatmayman. E’tiborni o‘z jamoamga qaratganman. Qaysi o‘yinlarda ochko olishimizni ko‘ryapman. “Navbahor”dan olingan ochko esa oltinga teng. Agarda imkoniyat bo‘lsa, balki, ochko olarmiz, bunga urinib ko‘ramiz ham. Biz bilan o‘yinda hech kimga oson bo‘lmaydi. Biz bugun qanday o‘zimizni ko‘rsatgan bo‘lsak, shunday o‘ynaymiz.

— Jamoaga davralar oralig‘ida qo‘shilgan ikki nafar eronlik futbolchilarning harakatlariga baho bersangiz? Ularning o‘yinidan qoniqdingizmi?
— Bizda jamoa bor va ularning bugungi o‘yinidan barchamiz qoniqdik. Biz barchamiz bir oilamiz va bir-birimizdan mamnunmiz. Bugun yangilarga qiyin bo‘ldi. Ular birinchi marta jamoada o‘ynashdi. Bu ham oson emas, uzoq vaqt shug‘ullanishmagan. Ularda may oyida mavsum tugagan. Bu yerga ularning biri kasal bo‘lib keldi, ikkinchisi esa kechroq keldi.

— Bektemir Abdumannonov hamda Muhammadaziz Ibrohimov nima sababdan bugun qaydnomaga kiritilishmadi?
— Qaydnomada bo‘lmasa ham ular jamoada. Barchasini nazorat qilyapmiz va o‘yinga kerakli futbolchilarni qaydnomaga kiritamiz. Yigitlarga aytganman, qaydnomaga kirishmasa ham, ular barchasini tushunishi kerak. Chunki barchasi raqibning o‘yin uslubiga bog‘liq.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:35, 05.08.2023.
O'qildi: 982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.