Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Sergey Arslonov: «Andijon» muxlislari bizni esankiratib qo‘yishdi»

Sergey Arslonov: «Andijon» muxlislari bizni esankiratib qo‘yishdi»

Baho:
+ | -1

“Andijon” – “Surxon” (0:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Arslonov ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Barchaga xayrli kun. O‘rtadagi katta tanaffusdan keyin juda yaxshi o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Avvalo, “Andijon” jamoasini fantastik tarzda qo‘llab-quvvatlaganliklari maqtovga loyiq. Muxlislar jamoasini o‘zgacha tarzda olqishlab turdilar. Aytishim kerakki, ular stadionda ajoyib futbol muhitini yaratib berishdi. Shu o‘rinda “Andijon” jamoasini g‘alabaga juda chanqoq holda maydonga tushganligini e’tirof etib o‘tishim kerak. Ularning uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganliklari sezilib turdi. Mezbonlar uch ochkoni olish ishtiyoqida kurashgani ko‘zga tashlandi.

Yana qaytaraman: bunday muhitda va bunday muxlislar qarshisida to‘p surish bizga ancha qiyinchilik tug‘dirdi. “Andijon” g‘alaba uchun qattiq harakat qildi. “Andijon” kabi tashkiliy jihatdan kuchli va ajoyib muxlislariga ega jamoaga qarshi 10 kishi bo‘lib o‘ynash ancha qiyinchilik tug‘dirdi. Mening yigitlarim bunday muhitda haqiqiy matonat ko‘rsatishdi. Bunday vaziyatda oltinga teng bir ochkoni qo‘lga kiritdik, deb o‘ylayman. Ikkinchi davrada oson uchrashuvlar bo‘lmaydi va har bir ochkoni oltinga teng deb hisoblayman. Haqiqiy hujumkor o‘yin bo‘ldi. Yigitlar xarakter ko‘rsatib darvozamiz daxlsizligini saqlab qolishdi.

— Nimeli nimagadir ko‘ngildagidek o‘ynay olmadi...
— Keling, shunday yondashaylik: har bir o‘yinchini maydonda o‘z vazifasi bor. Futbolchi ana shu vazifani bajarishi kerak bo‘ladi. Birinchi taymda qiyin o‘yin o‘tkazdik va bunga yaxshigina kuch sarfladik. Shu bilan birgalikda futbolchimiz qizil kartochka oldi. E’tibor qaratgan bo‘lsangiz, qizil kartochkadan keyin yigitlarimiz jismoniy tomondan ko‘p harakat qilishdi. Yarim himoyachilar va himoyachilar bunday vaziyatda ko‘proq harakat qildilar. Alohida kimnidir ta’kidlab o‘tmayman, barcha o‘yinchi katta kuch sarfladi.

— Siz bosh murabbiysiz. Lekin ko‘rsatmalarni o‘yin davomida Tokov ham, boshqasi ham berib turdi...
— Nafaqat Tokov, balki e’tibor bergan bo‘lsangiz Rustam Qurbonboyev ham ko‘rsatma berdi. Bizda bosh murabbiy bor. Ammo murabbiylar shtabidagilar men ko‘rmagan narsalarni yigitlarga aytib turadilar. Hatto, ba’zi holatlarda zaxiradagi futbolchilar ham murabbiyga o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin bo‘ladi.

— Natijadan qoniqdingizmi?
— Albatta. 10 kishi bo‘lib o‘ynab bunday atmosferada bir ochkoni olish yaxshi natija deb o‘ylayman va qoniqdim. Eng asosiysi, yigitlar xarakter ko‘rsatishdi.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 05:43, 05.08.2023.
O'qildi: 1183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик