Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ulug‘bek Baqoyev: "Maqsadimiz jamoani ligada olib qolish"

Ulug‘bek Baqoyev: "Maqsadimiz jamoani ligada olib qolish"

Baho:
+ | -

Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Qizilqum” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qator mag‘lubiyatlardan so‘ng jamoa ruhiy jarlikda edi. Ketma-ket ikki bellashuvning so‘nggi daqiqalarida to‘p o‘tkazib yubordik. O‘yinimiz qolgan bahslar singari chiroyli bo‘lmasa-da, muhimi 3 ochkoga ega chiqdik. 3 kun oldin kubok doirasida maydonga tushdik. Shu sabab, futbolchilarning jismoniy holati bo‘yicha raqib ustun edi. Tiklanish qiyin bo‘ldi, ammo yigitlar bo‘shashganlari yo‘q. Oldinda uzoq yo‘l kutib turibdi. Asosiy maqsadimiz jamoani ligada saqlab qolish.

Hafta o‘rtasida kubok o‘yinida ham maydonga tushganimiz sababli Stanisavlevich va Xolto‘rayevni zaxiraga oldik. Ularning jismoniy holatida muammo bo‘lgani uchun almashtirdik. Bu taktik o‘zgarish edi.

Ikich yuqori darajali futbolchiligi ko‘rinib turibdi. Jamoa nolga o‘ynadimi, demak u yaxshi harakat qildi”, – dedi Baqoyev.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 03:30, 06.08.2023.
O'qildi: 917 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик