Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Timur Kapadze: "Bugungi o‘yin har ikki murabbiy uchun foydali bo‘ldi"

Timur Kapadze: "Bugungi o‘yin har ikki murabbiy uchun foydali bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Superliga 15-turidan o‘rin olgan “Olimpik” – “So‘g‘diyona” (3:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik, bu tabloda ham o‘z aksini topdi. G‘alaba qozonishimiz ham, mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. Har ikki jamoa yaxshi harakat qildi. Raqib bizning o‘yin uslubimizni sinchkovlik bilan o‘rgangani sezildi. Mashg‘ulotdagi ishlanmalarimiz qayerdadir o‘xshadi, qayerdadir yo‘q. Umuman olganda, shogirdlarim maydonda borini berdi.

Albatta, harakatlarimizda kamchiliklar bor. Yigitlar birinchi va ikkinchi golda yosh bolalarcha xato qilishdi. Penalti belgilangan vaziyatda himoyachimiz aqlliroq harakat qilishi lozim edi. Ikkinchi to‘pni o‘tkazib yuborgan vaziyatimizda jonli devor ko‘ngildagidek harakat qilmadi. O‘yin murabbiylar uchun foydali bo‘ldi deb ayta olaman. Ko‘zga tashlangan kamchiliklarni bartaraf etamiz, bugun foyda bergan taktikani yana qaytarishga urinamiz.

Yoshidan qat’iy nazar, maydonda barcha teng. Agar hakamlar uchun kimning necha yoshdaligi muhim bo‘lsa, u aksincha, mening shogirdlarimga yon bosishi kerak. Menimcha, referilarimiz bunday qilmayapti. Qoida bor va ular o‘yinni shu asosda boshqarmoqda. Hakam barchaga bir xil munosabatda bo‘lishi shart. Agar buni aksi bo‘lsa, u noto‘g‘ri ish qilayotgan bo‘ladi. Hakamlikni nazorat qiluvchi tashkilot bor. Ular har bir vaziyatni ko‘rib chiqadi. Biz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratamiz.

Jasur Jaloliddinovning mahoratiga hech kimda shubha bo‘lmasa kerak. Biz hujumlarni tashkil etishda uning ijodkorligidan foydalanyapmiz. Nafaqat Jasur, boshqa shogirdlarim ham yaxshigina texnikaga ega. Ba’zida u, ba’zida boshqalar katta sahnaga chiqmoqda”, – dedi Kapadze.

Kiritildi: 00:45, 07.08.2023.
O'qildi: 996 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик