Madridning "Atletiko" klubi "Barselona" vingeri Ansu Fatini sotib olishi mumkin.
Marca nashri bergan xabarlarga ko‘ra, ispaniyalik yosh hujumchining xizmatlariga shaxsan "matraschilar" bosh murabbiyi Diyego Simeone qiziqish bildirmoqda. U rahbariyatdan Fatining holatini kuzatishlarini so‘ragan.
Avvalroq, Ansu "Barsa" tarkibida asosiy tarkib futbolchisi bo‘lolmasligini bilganidan so‘ng klubni tark etmoqchi ekanligi ma’lum bo‘lgandi. Unga "PSJ" ham qiziqish bildirmoqda.