Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

"Chelsi" o‘z darvozabonini ijaraga berib yubordi

"Chelsi" o‘z darvozabonini ijaraga berib yubordi

Baho:
+ | -

Londonning “Chelsi” klubiga qarashli amerikalik 19 yoshli darvozabon Gabriel Slonina faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.

Darvozabonning yangi klubi "Eypen" bo‘ladi. Belgiya klubi Sloninani keyingi mavsum oxirigacha ijaraga oladi.

Eslatib o‘tamiz, Gabriel "Chelsi"ga Amerikaning "Chikago Fayr" klubidan o‘tgan edi. Darvozabonning "ko‘klar" bilan tuzilgan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali darvozabonning narxini to‘qqiz million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:47, 10.08.2023.
O'qildi: 1527 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик