Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ro‘ziqul Berdiyev: «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda albatta g‘alaba uchun maydonga chiqamiz»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda albatta g‘alaba uchun maydonga chiqamiz»

Baho:
+ | -

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Superliganing 16-turi doirasida "Buxoro"ga qarshi o‘yin (1:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Superligada oson o‘yinlar qolmadi. "Buxoro" o‘yin tempini tushirishga harakat qilishini bilardik. Shuning uchun imkon qadar tezroq raqib darvozasiga gol urishimiz kerak edi. Lekin bu ishni o‘yin oxirida uddaladik. Bu g‘alaba juda muhim edi. Muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan keyin istalgan jamoada ruhiy muammolar bo‘lib turadi. O‘ylaymanki, mazkur g‘alaba bilan bu holatdan chiqib ketamiz.

Jigauri rasmiy o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata olmayotgani u chempionatimizga moslashish jarayonidan o‘tayotgani bilan bog‘liq. Superligada o‘ynash tashqaridan ko‘ringanidek oson emas.

Keyingi bahs "Paxtakor"ga qarshi bo‘ladi. Albatta, yana g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. "Nasaf" istalgan raqibni mag‘lub qilishga qodir. Turnir jadvalining pastki qismiga joylashgan jamoalar bizga qarshi himoyaviy taktika tanlashadi, bo‘sh zonalar deyarli bo‘lmaydi. Bunaqa bahslarda tezkor gol urib olish kerak", — dedi Berdiyev.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 00:03, 11.08.2023.
O'qildi: 2945 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик