Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Byornli» APLda qolishni uddalaydimi?

«Byornli» APLda qolishni uddalaydimi?

Baho:
+ | -

«Byornli» kecha yaxshi, raqib «Manchester Siti» ekanidan kelib chiqsak, juda yaxshi o‘ynadi. Bir qaraganda, APLda yaxshigina boshog‘rig‘i bo‘lishi mumkindek. Bunga «Byornli» o‘tgan yili Chempionshipni «yorib tashlagani», har jabhada eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lib, bir bosh ustun futbol ko‘rsatganini qo‘shsak, tayyor asos.

Ammo biz buni ko‘rganmiz. «Norvich» bilan hatto ikki marta. Jamoa o‘ziga xos uslubi bilan Chempionship g‘olibi bo‘lgan va o‘sha tarkib bilan APLni zabt etishga kirishgan. Natija ma’lum.

«Byornli» kecha o‘rtacha yoshi 23 atrofida bo‘lgan tarkibda tushdi, bu bir. Kechagi asosiy tarkibda faqat Bergeda bir mavsum kuchlm beshlik tajribasi bor, uyam «Sheffild» bilan. Qolgan barcha o‘yinchilarning kuchli beshlik ligalardagi umumiy o‘yinlar soni - 29.

Bu bilan APLda raqobat qilish imkoni bormi? Qiyin. O‘tgan yili ligadan tushib ketgan jamoalar tarkibini qarang, masalan. Meddison, Tilemans, Barns, Laviya...Tushib ketishiga sal qolgan «Vest Hem»ning bir emas ikki futbolchisi yuz million ortiq baholandi. Solishtiring.

«Nottingem» o‘ttiz nafar yangi transfer qilgani albatta, futbolga xiyonat, ammo mantiq tushunarli, yakunda aynan o‘sha tajriba jamoani saqlab qolgandi. Kompani yaxshi murabbiy, «Byornli» ancha yoqimli futbol ko‘rsatmoqda, ammo agar avgust oxirigacha bir nechta yaxshi xaridlar bo‘lmasa, bilmadim, APLda qolish uchun rosayam omad kelishi kerak.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 15:28, 12.08.2023.
O'qildi: 1118 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик