Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ayollar o‘rtasidagi JCH-2023: Finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi

Ayollar o‘rtasidagi JCH-2023: Finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Chorshanba kuni ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Avstraliya va Angliya terma jamoalari final yo‘llanmasi uchun bahs olib borishdi. Bellashuvda Angliya ayollar terma jamoasi 3:1 hisobida g‘alabani nishonlashga muvaffaq bo‘lishdi va turnir finaliga yo‘l olishdi.

19 avgust, shanba kuni ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida Shvesiya va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasida uchinchi o‘rin uchun bahs bo‘lib o‘tadi. Ertasi kuni, 20 avgust kuni Ispaniya va Angliya terma jamoalari o‘rtasida jahon chempionati finali bo‘lib o‘tadi. Aytish kerakki, ispan va ingliz ayollari hech qachon jahon chempionati finalida o‘ynamagan.

Qo‘shimcha qilamizki, ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatiga Avstraliya va Yangi Zelandiya mezbonlik qiladi.

Kiritildi: 17:17, 16.08.2023.
O'qildi: 3631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик