Rimning "Lasio" klubi "Yuventus"ning yosh tayanch yarim himoyachisi Nikolo Rovellani rasman ijaraga oldi.
"Lasio" matbuot xizmati futbolchining keyingi ikki mavsum uchun ijara asosida o‘ynashini ma’lum qildi.
Rovella 21 yoshda, u markaziy va tayanch yarim himoyachi pozisiyalarida o‘ynaydi. U "Jenoa" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, o‘z klubini tark etgan va 2021 yilning qishida "Yuventus"ga o‘tgan.
Futbolchi so‘nggi mavsumni "Monsa" safida o‘tkazdi. U klub safida 27 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali yosh futbolchining narxini 18 million yevroga baholamoqda.