Belgiyalik 34 yoshli yarim himoyachi Nosir Shadli yana o‘z vatanida to‘p tepadi. U «Vesterlo» klubi tarkibida faoliyatini davom ettiradi.
Shadli joriy mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.
Faoliyatining so‘nggi uch yilini Shadli Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubida o‘tkazdi. U «Vesterlo»da bir yillik ijara doirasida o‘ynagan. Klub bilan birgalikda u mavsumiy turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egalladi.