Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Xayrulla Hamidov maqolasi: LevanGolskiy!

Xayrulla Hamidov maqolasi: LevanGolskiy!

Baho:
+ | -

Robert Levandovskiy bugun 35ga kirdi. «Barselona» hujumchisining oxirgi payt ko‘rsatayotgan o‘yini haqida Marca nashri xavotirlanib yozdi: “Robertda har tomonlama pastlash!”

Ha, ikki o‘yinda bu gaplar rostligini ko‘rdik. Polshalik goleador oddiy vaziyatlarda ham oqsamoqda, ortga ko‘p qaytmoqda va raqib uchun deyarli xavf tug‘dirmay qo‘ydi.

Bunga bir necha sabablar bor:

1. Xavi jamoasining asosini yoshlar tashkil etadi. Raqobat avjida. 2003 yilda tug‘ilgan futbolchi 16 yoshlik ukasining oldida o‘ta tajribali figura. Markazdagi Pedri-Gavi juftligi jamoa tizimini belgilab beradi. Leva bularning oldida “qariya”, “otaxon”... Unga hujum chizig‘ida rosmana raqobatchi ham yo‘q. Futbolchida bunaqa payt motivasiya bir yoqlarga qochib ketadi.

2. Xavi jamoasi uch yilning ichida uchinchi marta qayta tuzilyapti. Taktik yondoshuvlar boshida kelgan davridan o‘zgarib ketdi. Ikkinchi mavsumni o‘tkazayotgan hujumchiga bu jihat ham ta’sir o‘tkazadi.

3. “Barselona” – yarim himoyachilar ortig‘i bilan to‘planib qolgan jamoa. Yarim himoyada xavbeklarning keragidan oshib ketgani yetmaganidek, markaziy himoyaga ham yarim himoyachi qo‘yilyapti. Mark Andre ham tabiatan “yarim himoyachiroq” posbon. Xavi futbolchilik payti o‘ynagan pozisiyasiga o‘ta qattiq e’tibor qaratganidan “Barsa”ning o‘yin uslubi eski Ispaniya termasiga monand bo‘lib qoldi. Robert ham bu jamoada o‘zgarishim kerak deb kechagi o‘yinda o‘z o‘rnidan ko‘ra ortda ko‘p harakat qildi, “yarimhimoyalashdi”. Unga havodan to‘p uzatilyapti, o‘zi esa o‘nlik o‘ynaydigan joyda yuribdi. Qiziq ko‘rindi.

4. La liga jamoalarining “Barsa”ga qarshi o‘yin uslubi. Levandvskiy “Bavariya”dagi monstrlik paytlari birinchidan, yosh edi, ikkinchidan, bundesliga jamoalari liderlarga qarshi ham himoyaviy avtobus qo‘yib o‘ynamaydi. Hujumchi uchun esa bu ayni muddao. La ligada kataloniyaliklar 70 foiz ikki qavat himoyalanadigan klublarga qarshi o‘ynaydi. Ligalar o‘rtasidagi tafovut ham polyakning o‘yin uslubiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Bo‘libam, u har yili bir yoshga qariyapti.

Bundan boshqa mayda detallar ham borki, Levandovskiyning ba’zi sifatlarini yo‘qqa chiqarmoqda. Shunday bo‘lsa-da, biz unga omad tilab qolamiz. Saudiyaga yo‘l olmagan sanoqli megayulduzlar qatorida ekani va Chempionlar Ligasidagi motivasiyasining hisobiga hujumchidan eski davrlardagi effektini kutib qolamiz.

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/xayrulla_hamidov
Kiritildi: 17:47, 21.08.2023.
O'qildi: 4738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.