Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Aleksandr Xomyakov: «Shaxsan menga bu mavsumdagi aynan ushbu g‘alaba nihoyatda muhim edi»

Aleksandr Xomyakov: «Shaxsan menga bu mavsumdagi aynan ushbu g‘alaba nihoyatda muhim edi»

Baho:
+ | -

“Andijon” hamda “Olimpik” (2:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

— Assalomu alaykum. Albatta, bugungi g‘alabadan baxtliman. Biz javobgarlik hissi qanchalik ekanligini tushunib turgandik. G‘alabamizni hamma intiqlik bilan kutib turganini yaxshi bilgandik. Men va mening boshchiligimdagi o‘yinchilarning barchasi ushbu g‘alabani sabrsizlik bilan kutayotgandik. Shuning barobarida bizga qanday mas’uliyat yuklatilganligini barchamiz yaxshi his qilib turgandik. Eng asosiysi, muxlislarga quvonch ulashishni maqsad qilgandik va buning ustidan chiqdik. Bayramona oqshomni muxlislarimizga taqdim qila oldik, deb o‘ylayman. Bilaman, maydondagi holat va sifat ham muhim. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham biz g‘alaba qozondik. Shunisi eng asosiysi, deb o‘ylayman. Bu g‘alaba bizga juda ham zarur edi. Shaxsan menga bu mavsumdagi aynan ushbu g‘alaba nihoyatda muhim edi. Yetarlicha qiyinchiliklar bo‘ldi, oz-moz xatoliklar ham ko‘zga tashlandi. Ammo ko‘zlagan maqsadimizga erishdik. Men birinchi navbatda futbolchilarga katta rahmat aytaman. Vaziyatni nazorat qilib turishdi. Ancha qiyin kechdi. Raqibimiz ham yaxshi o‘ynadi. Yosh va chaqqon yigitlar ekan. Lekin biz barchamiz bir jamoa bo‘lib kurashdik, oldinga intildik. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Futbolchilar, klub xodimlari va albatta muxlislarni ham muborakbod etaman.

— Abbos Ergashboyev bilan Ibrohim G‘anixonov nima uchun maydonga tushishmadi?
— To‘g‘risi, qiyin o‘yin bo‘lishini bilgandim. Biroz  xavotir ham yo‘q emasdi. Chunki tarkib bilan bog‘liq muammolarimiz bor edi. Bunday o‘yinda xato qilmaslik eng muhim masalalardan biri deb o‘ylayman.

— Jamoaning yangi futbolchisi – Armin Boshnyak o‘tgan safar “Bunyodkor”ga, bugun esa “Olimpik” darvozasiga gol urdi. U haqida nima deya olasiz?
— U jamoaga tez kirishib keta oldi. Bu uning katta yutug‘i. Albatta, natijadorlik borasida ham Armin muhim va gollar uryapti. Asosiysi, shu. Gollarni tashkil qilishda va kiritishda Boshnyakning ham roli katta bo‘lyapti va bu meni xursand qilyapti. Ha, bunday futbolchining paydo bo‘lishi, jamoamizga qo‘shilishi va gollar urishi yoqimli. Kerakli ishlarni qilayotganidan xursandman.

— Umumiy ma’noda, o‘yindan qoniqdingizmi?
— Aytdim-ku, men baxtliman. Yuqorida aytib o‘tganimdek, bu men uchun o‘ta muhim o‘yin edi. Asosiysi, biz g‘alaba qozondik. Hammaga rahmat va hammaga g‘alaba muborak bo‘lsin.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:13, 21.08.2023.
O'qildi: 1356 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.